P a r a z I t o L o g I ya
Teriosti bo’kalari (Hypodermatidae
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Teriosti bo’kalari (Hypodermatidae) oilasi vakillarining urg’ochilari
tuxumlarini hayvonlar juniga qo’yadi. Lichinkalari teri ostida parazitlik qiladi. Qoramol bo’kasi (Hypoderma bovis) Ovro’pa, SHimoliy Afrika va Osiyoda keng tarqalgan. Teri bo’kasi qoramollarda surunkali kechadigan gipodermatoz kasalligini paydo qiladi. Gipodermatoz o’zbekistonda ham keng tarqalgan bo’lib, xo’jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu kasallik oqibatida hayvon terisining sifati pasayadi, go’sht, sut va boshqa maxsulotlarning miqdori kamayib ketadi. Teri bo’kasining tanasi sariq va qora tuklar bilan qoplangan, uzunligi 4 mmdan 16 mmgacha boradi. Bosh qismida ko’zlari, bir juft mo’ylovi va og’zi joylashgan. Ko’krak qismida bir juft qanotlari bor. Oyoqlarining uchi tirnoqlar bilan tugaydi. Gipodermatoz kasalligini uning lichinkasi keltirib chiqaradi. Teri bo’kasi yil davomida bir marta avlod beradi. xavo isib ketishi bilan bo’kalar paydo bo’ladi va urug’langan urg’ochilari qoramollarning orqa oyoqlari va qorin junlariga tuxum qo’yadi. har qaysi teri bo’kasining qo’ygan tuxumi 450 tagacha boradi. Oradan 2-4 kun o’tgach, tuxumdan mayda lichinkalar chiqib, terini teshib uning ostiga o’tadi, so’ngra teri osti biriktiruvchi to’qimalari orqali hayvonning bo’yni tomoniga siljiydi. qizilo’ngach devoriga o’tib, u erda 5 oy yashaydi, keyinchalik molning orqa tomoni teri ostiga qarab ko’chadi. Bu erda lichinkalar po’st tashlab, ikkinchi lichinkalik davriga o’tadi. Lichinka atrofida biriktiruvchi to’qimadan maxsus kapsula vujudga kelib, terida no’xat kattaligida shishlar xosil bo’ladi. Nafas olishi uchun tanasining oldidagi o’tkir ilmoqlari, tana tuklari va fermentlar bilan hayvon terisini teshadi va atmosfera xavosi bilan nafas ola boshlaydi. Oradan 20-30 kun o’tgach, lichinkalar 2- marta tullab 3-lichinkalik davriga o’tadi. Keyinchalik lichinkalar shishdagi teshikdan tashqariga chiqib erga tushadi. Erda g’umbakka aylanib, 3-5 xafta ichida g’umbakdan qanotli bo’ka chiqadi. Uning og’iz apparati yaxshi rivojlanmagani uchun oziqlanmaydi. SHuning uchun qanotli bo’kalarning umri juda qisqa bo’lib, u bir necha kun yashaydi va shu davrda ular juftlashib, urg’ochilari mol terisiga tuxum qo’yishga ulguradi. Urg’ochi bo’kalar tuxum qo’yish uchun yaylovlardagi qoramollarga kelib qo’nganda ular chaqmasa ham mol juda bezovtalanadi va o’tlamay qo’yadi. Ko’pincha mollar bo’ka tufayli yaylovlardan qocha boshlaydi. Bo’ka lichinkalari o’zbekiston sharoitida hayvonlarning bel-elka teri ostida noyabr oyidan aprel oyigacha bo’ladi. Natijada hayvonning ana shu joylarida tugunchalar vujudga keladi. So’ngra tugun markazida teshikchalar paydo bo’lib, undan yiring va boshqa moddalar chiqib turadi. Teriosti bo’kalari hayvonlarni juda bezovta qiladi, ularning maxsuldorligi pasayib ketadi. Mollar oziqlanmay qo’yishi natijasida ozib ketadi. Lichinkalar 106 mollarning terisini teshib, sifatini buzadi. Ayrim xollarda teriosti bo’kalarining lichinkalari odamda ham parazitlik qilishi mumkin. Lichinkalar ko’zga tushganda odam ko’r bo’lib qolishi mumkin. Bo’kalar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kompleks chora- tadbirlar qo’llaniladi. Birinchi navbatda kasallangan mollar davolanadi. Buning uchun lichinkalar tugunlardan qo’l bilan siqib chiqariladi yoki tugundagi lichinkalarga qarshi dori yuborilib o’ldiriladi. Hayvon tanasidagi bu tugunlar bir vaqtda paydo bo’lmaydi. SHuning uchun davolash har 10 kunda takrorlanib turiladi. Lichinkalarni siqib chiqargandan keyin o’rniga yod eritmasi surtish, shuningdek, lichinkalarni qirib tashlash kerak. Mollarga bo’kalar yuqmasligi uchun yoz va kuzda ularning terisiga har 20-25 kunda sistemali ta’sir qiladigan har xil dorilar purkaladi. qanotli bo’ka xujumidan saqlanish uchun kunning isigan vaqtida mollarni binolarda saqlash va ularni kechasi hamda ertalab o’tlatish tavsiya etiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling