P a r a z I t o L o g I ya
Oshqozon bo’kasi (Gastrophilidae
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Oshqozon bo’kasi (Gastrophilidae) oilasi vakillarining lichinkalari asosan ot,
eshak, karkidon va fillarning oshqozonida parazitlik qiladi. Oshqozon bo’kalarining 30 ga yaqin turi bor. Gastrohilis avlodiga mansub 6 ta tur bo’ka lichinkalari o’zbekistonda otlarda parazitlik qilib, gastrofilyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu parazitlar hayvonlar oshqozonini buzadi, oriqlantiradi va ish qobiliyatini pasaytiradi. Gastrofilyoz kasalini qo’zg’atuvchi (G. intestinalis)ning jinsiy voyaga etganlari 15-20 mm uzunlikda bo’lib, rangi sariq-qo’ng’ir, qalin tuklar bilan qoplangan. Mo’ylovlari kalta, qanotlari tiniq. Tuxumlari sarg’ish rangda, yuqori qutbida kichik qopqoqchasi bor. Otlarning oshqozon bo’kasi imago davrida otlarga zarar etkazmaydi. Bo’kalarning faqat lichinkalari zarar etkazadi. Urg’ochi bo’kalar yozda uchib yurib otlarning lablari, bo’yni, oldingi oyoq, ko’krak va qorin junlariga 300 dan 700 tagacha tuxum qo’yadi. Oradan 4-5 kun o’tgach, tuxumlardan lichinkalar chiqadi va bu lichinkalar ot terisining kuchli qichishini keltirib chiqaradi. Ot tishi bilan terisini qashishi natijasida bo’ka lichinkalarining bir qismini yutib yuboradi. Oshqozonga tushgan lichinkalar oshqozon devoriga yopishib olib, bu erda uzoq vaqt (9-10 oy) parazitlik qiladi. Ot oshqozonidagi lichinkalar qishlaydi va rivojlanib, uzunlii 12-20 mmga etadi. Baxor yoki yoz faslining boshlarida lichinkalar otning tezagi bilan erga tushadi va g’umbakka aylanadi 25-30 kun o’tgach g’umbakdan etuk bo’kalar chiqadi. Ot oshqozonida bo’ka lichinkalari juda ko’p (1000-1500 tagacha) bo’ladi. Lichinkalar oshqozon devorini yallig’lantirib, og’ir kasallikka duchor qiladi va ko’pincha hayvonlar xalok bo’ladi. Gastrofilyoz va uning qo’zg’atuvchilari Er yuzida keng tarqalgan. Gastrofilyoz bilan kasallangan hayvonning ishtaxasi pasayadi, ba’zan butunlay yo’qoladi, natijada otlar ozib ketadi. Ba’zan oshqozon bo’kasining 1 yoshli lichinkasi odam terisiga kirib kasallik paydo qilishi mumkin. Oshqozon bo’kasiga qarshi kurashda, birinchi navbatda, otlarning juni orasidagi bo’ka tuxumi va lichinkalarini yo’qotish kerak. Buning uchun o’tkir pichoq yoki shisha sinig’i bilan bo’kalar tuxumi bor joylar jun yotgan tomonga qaratib qiriladi. yozda har 4-5 kunda otlar aloxida ajratilgan joyda shu usulda tozalanib, undan tushgan jun va tuxumlar kuydirib yuboriladi. Otlar junidagi bo’ka tuxumlari va 107 lichinkalarini kreolinda eritilgan 25 %li eritma bilan ham yo’qotish mumkin. SHuningdek, har xil ichiriladigan dorilardan foydalaniladi. Otlar boqiladigan yaylovlar har 25-30 kunda almashtirilib turiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling