P a r a z I t o L o g I ya
Kulrang go’sht pashshalari (Sarcophagidae)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Kulrang go’sht pashshalari (Sarcophagidae) oilasi lichinkalari buzilayotgan
go’shtda, go’ng va boshqa chiriyotgan organik moddalarda yashaydi. Ular o’rta mintaqalarda keng tarqalgan. Ko’pchilik turlari tirik tug’adi. Go’sht pashshasi (Calliphora erythrocephala)ning bo’yi 7-14 mm, metalga o’xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg’ish, ko’krak qismi esa qora tusda. Go’sht pashshasi ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo’yish uchun uchib kiradi. Kattaligi 1,5 mm keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini 450-600 tadan qilib, go’sht va boshqa hayvon maxsulotlariga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib, g’umbakka aylanish oldidan erga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jaroxatlarda soxta parazitlik qiladi. Pashshaning lichinkalari toza sharoitda o’stirilib, tuzalishi qiyin bo’lgan osteomielit kasalligini davolashda qo’llaniladi. Buning uchun yaraning ichiga lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangnan to’qimalarni iste’mol qiladi. Har besh kunda lichinkalar almashtirilib turiladi. Bunday davolash yosh bolalarda 6-7 xafta, katta yoshdagi kishilarda ko’proq davom etadi. Qon so’ruvchi pashshalar (Hyppoboscidae)ning tuzilishi hayvonlar juni va pat qoplami orasida harakatlanishga moslashgan. Tanasi yassi va keng, qanotlari tanasiga tig’iz tegib turadi va oyoq tirnoqlari o’tkir. Ayrim turlarida qanotlari reduksiyaga uchragan. Ular uzun xartumi bilan sutemizuvchilar va qushlar qonini so’radi. Ayniqsa, qo’y pashshasi, ot pashshasi, it pashshasi ko’pchilikka ma’lum. qo’y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig’lanishiga va junlarining to’kilishiga sabab bo’ladi. Pashshalarga qarshi kurashish uchun avvalo, ular ko’payadigan joylardagi lichinkalarni to’liq yo’qotish, kir o’ralari, xojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez tozalab turish lozim. quruq axlatni yoqib tashlash kerak. Chiqindilarni kompostlash yoki dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi xojatxonalarda axlat ustiga so’ndirilmagan oxak yoki xlorli oxak sepib turish zarur. Voyaga etgan pashshalarni qirish uchun binolarga insektisdlar bilan ishlov berish lozim. Pashshalarni yopishqoq qog’oz va pashsha tutqichlar bilan tutiladi. Jamoat ovqatlanadigan korxonalarda, oziq-ovqat omborlarida, kasalxona va yotoqxonalarda pashshani batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga qarshi turli insektisidlar: xlorofos, geksoxloran va boshqa dorilar qo’llaniladi. Bino va oziq-ovqat maxsulotlarini pashshadan saqlash kerak. yoz vaqtlarida derazalarga doka, sim to’r tutish, ovqatlarning va idishlarning ustini yopib qo’yish lozim. 105 Bo’kalar ham doira chokli ikkiqanotlilar kenja turkumiga kiradi. Bo’kalarning quyidagi 3 ta oilasi bor: oshqozon bo’kalari, teri osti bo’kalari va burun-xalqum bo’kalari. Bo’kalar lichinkalik davrida parazitlik qiladi. Voyaga etgan xasharotlarning og’iz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi. SHuning uchun ular uzoq yashamaydi. Ularning lichinkalari chorva mollarida va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling