108
parazitlik qilib, tuyalarda maxalliy tilda "burun og’ru" deb ataladigan kasallikni
keltirib chiqaradi. o’zbekiston sharoitida qanotli bo’kalar
may oyidan boshlab
kuzgacha uchraydi. Tuya bo’kasi lichinkalari burun bo’shlig’ida ikki marta tullab,
uch
yoshga kiradi, bunda ularning uzunligi 2,3-5,7 smga etadi. Kuzda qo’yilgan
mayda lichinkalar tuyaning burun bo’shlig’ida baxorgacha parazitlik qilib, uch
yoshga kiradi va erta baxorda
tuyaning burnidan erga tushadi, erda g’umbakka
aylanadi. G’umbakdan 28-41 kundan keyin qanotli bo’ka uchib chiqadi. Uchib
chiqqan erkak bo’kalar urg’ochilarini otalantirib, o’lib ketadi. Urg’ochilari esa tuyalar
orasida uchib yurib, etilgan mayda lichinkalarini tuyalar burun teshiklariga qo’yadi.
Ot burun bo’kasi (Rhinoestrus purpurens) ham tuya bo’kasi
kabi tirik
lichinkalar tug’adi va ularni uchib yurib ot va eshaklarning burniga sochadi.
Otlarning burun bo’shlig’ida lichinkalarning soni 1-7 tadan 80-120 tagacha va
kattaligi 1 mmgacha etadi. Ot burun bo’kasining lichinkasi ham uch yoshni boshidan
kechiradi. Bir yilda ikki marta avlod beradi, birinchi avlodi baxorda 1 maydan 10-15
iyungacha, ikkinchi avlodi sentyabrning boshidan oktyabrning oxirigacha yashaydi.
yozda lichinkalar uch yoshni 2 oyda (iyun-iyulda) o’tadi.
Iyulning oxiri avgustning
boshlarida lichinkalar otning burnidan erga tushib, g’umbaklik davrini tuproq ichida
(20-25 kun) o’tkazadi. Avgust oxiri sentyabr boshlarida qanotli bo’ka tuproqdan
uchib chiqadi.
Otlar orasida uchib yurib, ularning burniga lichinkalarini sochadi.
Lichinkalar otning burun bo’shlig’ida mart oyigacha bo’lib, erga tushadi,
aprelda
tuproq ichida g’umbakka aylanadi, may va iyunning boshlarida 10-15 tagacha qanotli
bo’kalar uchib yuradi.
Ot burun bo’kasi ba’zan odamlarning ko’ziga tushib, ko’zning yallig’lanishiga,
ko’zdan yosh oqishiga va ko’z og’rig’iga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: