P a r a z I t o L o g I ya


Bukur chivinlar (Simulidae)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Bukur chivinlar (Simulidae) oilasi vakillari qon so’ruvchi eng mayda 
chivinlar bo’lib, gavdasining uzunligi 2-6 mm keladi. Ayni vaqtda ularning 1000 dan 
ortiq turi aniqlangan. Bukur chivinlarning rangi ko’pincha qora va ko’kish tusda 
bo’ladi. Urg’ochilari urug’lanib, hayvon qonini so’rib, keyin oqar suvlardagi 
o’simliklar va boshqa substratlarga 100-800 tadan tuxum qo’yadi. Oradan 4-12 kun 
o’tgach tuxumdan lichinkalar chiqadi. Ular orqa qorin segmentidagi so’rg’ichlar va 
ilmoqchalar yordamida suvdagi har xil substratlarga yopishib olib hayot kechiradi. 
Lichinka besh marta tullagach (3-4 xafta davomida) maxsus pillali g’umbak xosil 
qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga etadi. Hayoti davomida 1-3 marta avlod 
beradi.
Urg’ochilari hayvonlarga kunduz kunlari shamol yo’q paytda xujum qiladi. 
Hayvon qonini so’rib, zaharli so’lak ajratadi, bir necha soat o’tgach, hayvon terisi 
shishadi, harorati ko’tarilib, yurak urishi tezlashadi. 
Taygada qonxo’r bukur chivinlar ko’plab uchraydi. Ular Sibir yarasi, 
tulyaremiya, yapon ensefaliti, moxov kasalliklarini, qoramollarda va shimol 
bug’ularida 
esa 
onxoserkoz, 
qushlarda 
gemosporidioz 
kasalliklarining 
qo’zg’atuvchilarini tarqatadi.
Iskabtoparlar (Phlebotomidae) oilasi vakillari juda mayda bo’lib, uzunligi 
1,3-3,5 mm keladi. Ular kichik kapalakchalarga o’xshaydi. Iskabtoparlar 
kemiruvchilar va boshqa sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda toshbaqalarning 
inlarida, qushlarning uyalarida, molxonalarda, axoli turar joylarida yashaydi. Ular 
Evropaning janubi, o’rta va Janubiy Osiyo, hamda SHimoliy Afrikada keng 
tarqalgan. Iskabtoparlar obligat qon so’ruvchi xasharotlar bo’lib, odatda, odamlarga, 
hayvonlarga tunda, issiq va dim paytlarda xujum qiladi. qonni faqat urg’ochilari 
so’radi. Tana tuzilishi chivinlarga xos bo’lib, ulardan juda uzun mo’ylovlari bo’lishi 
va tanasida qalin, qattiq uzun tuklari borligi bilan ajralib turadi. Oyoqlari uzun va 
ingichka, ayniqsa, oxirgi juft oyog’i ancha uzun bo’ladi. Oyoqlari va qanotlari butun 
tanasi singari tukchalar bilan qoplangan. Otalangan urg’ochilari tuxum qo’yishdan 
oldin, albatta, qon so’rishi kerak, shundan keyingina tuxumlari rivojlanadi. 
Iskabtoparlar ovqat izlab 1,5 km dan ko’proq yo’l bosadi. Tuxumlarni qorong’i 
organik moddalarga boy, zax erlarga qo’yadi. Bir qo’yishda urg’ochilari 50-70 taga 
yaqin tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi chuvalchangsimon bo’lib, tanasi 
12 segmentdan tashkil topgan. Lichinkalar chiriy boshlagan organik moddalar bilan 
oziqlanadi va to’rt marta tullaydi. To’rtinchi marta tullashdan keyin g’umbakka 
aylanadi. G’umbakdan voyaga etgan xasharot chiqadi. Tuxum qo’yishdan to voyaga 
etguncha qulay sharoitda 46 kun kerak bo’ladi, noqulay sharoitda rivojlanish muddati 
juda cho’zilib ketishi mumkin. 


100 
Iskabtoparlarning qurtlari organik qoldiqlarga boy bo’lgan joylarda, masalan, 
g’orlar, daraxtlarning kovagi yoki sudralib yuruvchilar va kemiruvchilarning inlarida 
rivojlanadi. Bir yilda ularning ikki nasli voyaga etadi. 
Iskabtoparlardan Phlebotomus pappatasii turi odamlarga leyshmanioz 
(pashshaxo’rda) va papiatachi isitmasi kabi kasalliklarni yuqtiradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling