P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Qandalalar (Hemiptera) turkumiga 40 mingga yaqin tur kiradi. Ular orasida 
o’simlik zararkunandalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham uchraydi. 
100 dan ortiq turlari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qilib yashaydi. 
SHularning ichida to’shak qandalasi (Cimex lectulazius) muhim o’rin tutadi. 
To’shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, er yuzida keng tarqalgan. Uning 
kattaligi 4,5-8,4 mm keladi. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik 
hayotiga moslashishi tufayli ularning qanotlari qisqarib, tanasi yassilashgan. Oyoqlari 
yuruvchi tipda bo’lib, tez harakatlanadi. 1 minutda 1 metr masofani bosib o’tadi. 
To’shak qandalasining ham tanasi 3 qismdan, ya’ni bosh, ko’krak va qorin 
bo’limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida bir juft mo’ylov, bir juft ko’z va sanchib-
so’ruvchi og’iz apparati joylashgan. Ko’krak qismi 3 ta bo’g’imdan iborat. Har bir 
bo’g’imdan bir juftdan oyoq chiqqan. 10 ta segmentdan iborat qorin qismi shaklan 
bargga o’xshaydi. Ularda xid bilish organi yaxshi rivojlangan. qandalalar uzoq 
masofada turib o’z xo’jayinining xidini sezadi. 
To’shak qandalasi, asosan, tunda hayot kechiradi, kunduzi esa devorlarning, 
pollarning yoriqlarida, uy burchaklarida, mebel, uy-ro’zg’or buyumlarining ostida 
yashirinib yotadi. Uzoq vaqt och qolgan qandalalargina kunduzi yoki sun’iy yorug’lik 
paytida odamga xujum qilishi mumkin. qon so’rish paytida terini teshishi va suyuqlik 
yuborishi tufayli qattiq og’riq paydo bo’ladi. Ularning ommaviy xolda urchishidan 
odamlar qattiq bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi mumkin. 


94 
To’shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo’yadi. 
Bitta urg’ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha 
yuzlab tuxum qo’yadi. Tuxumdagi embrionning rivojlanish muddati tashqi muhit 
haroratiga bog’liq 35-37
o
S da 4-6 kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. Agar 
tashqi muhit harorati Q10
o
S gacha bo’lsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6
o
S dan past 
bo’lsa, ular 1,5 oygina tirik saqalanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 5 
marta po’st tashlab, imagoga aylanadi. Har bir tullaganda lichinkalar bir marta qon 
so’radi. Lichinkalar 1,5 yilgacha och yashay oladi. Jinsiy voyaga etgan qandala 14 
oygacha yashashi mumkin. 
To’shak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli hayvonlar 
va odam qoni bilan oziqlanadi. Ayrim odamlar to’shak qandalasining chaqishiga juda 
sezgir bo’ladi, bunday odamlarning terisida har xil toshma paydo bo’lib, unga 
mikroblar tushishi natijasida yiringli yallig’lanish yuzaga keladi. To’shak qandalasi 
har xil yuqumli kasallik mikroblarini mexanik tashib yuradi. 
Uyda, jamoat muassasalarida, transport vositalarida to’shak qandalasining 
tarqalishi sanitariya-gigiena qoidalarining buzilishi oqibatidir. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling