P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hyalomma scupence
- Hyalomma anatolicum
Yaylov kanalari (Hyalomma) ham iksod kanalarining eng yirik vakillari
hisoblanadi. qonga to’ygan urg’ochi kananing uzunligi 2,5-3 sm ga boradi. MDXda yaylov kanasining 10 dan ortiq turi tarqalgan. Xialomma avlodiga kiruvchi kanalar bir, ikki va uch xo’jayin ishtirokida rivojlanadi. Urg’ochilari 4 mingdan 15 minggacha tuxum qo’yadi. Xialomma avlodining quyidagi turlari veterinariyada muhim ahamiyatga ega. Hyalomma scupence rivojlanish sikli bir xo’jayinda o’tishi bilan boshqa turlardan farq qiladi. Bu kana asosan qoramol va qisman ot qoni bilan oziqlanadi. Ular SHimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, O’rta Povolje va Ukrainada tarqalgan. Ular qoramollarga teylerioz, anaplazmoz, otlarga nuttalioz, cho’chqalarga piroplazmoz kasalliklari qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Bu kana tanasida brusellyoz va o’lat kasali qo’zg’atuvchilari ham bo’lib, undan boshqa hayvonlarga va odamga o’tadi. 86 Hyalomma detritum boshqa yaylov kanalariga qaraganda yirikroq va ikki xo’jayinli. Urg’ochi kana 5-7 mingtagacha tuxum qo’yadi va bir ikki oydan keyin ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinka bilan nimfa 10 kungacha qon so’radi. Kananing to’liq rivojlanishi 4 oydan 13 oygacha davom etadi. Lichinkalari 7-8 oygacha, imagolari 6-8 oygacha yashashi mumkin. Bu kana Ozarbayjon, SHarqiy Gruziya, Armaniston, Turkmaniston, Janubiy qozog’iston, O’zbekiston va Tojikistonning cho’l va chala cho’l mintaqalarida uchraydi. Bu kana qoramollarning teylerioz kasalligini yuqtiruvchilaridan biri hisoblanadi. Hyalomma anatolicum uncha katta bo’lmagan uch xo’jayinli kana, asosan qoramollarda parazitlik qiladi. Ayrim vaqtlarda ot va boshqa hayvonlarning qonini so’radi. Imago, nimfa va ba’zan tuxumlari qishlaydi. 8-10 kungacha yashashi mumkin. Bu kana ham Markaziy Osiyo respublikalarida tarqalgan. Asosiy zarari qoramollarga teylerioz qo’zg’atuvchisini yuqtiradi hamda listerioz, isitma qo’zg’atuvchilarini o’z tanasida saqlaydi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling