P a r a z I t o L o g I ya
Qisqichbaqasimonlar (Crustacea)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurakoyoqlilar (Copepoda
Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata)
kenja tipining yagona sinfi bo’lib, ularning deyarli hammasi suv hayvonlari hisoblanadi. Gavdasi bosh, ko’krak va qorin qismiga bo’lingan, hamda ustki tomondan xitinli kutikula bilan qoplangan. Bosh qismida 5 juft o’simtasi bo’lib, birinchi jufti – antenulla, ikkinchi jufti – antenna deb ataladi. Keyingi 3 jufti og’iz oyoqlari hisoblanadi. Ko’krak va qorin qismidagi oyoqlar soni turkumlariga qarab har xil bo’ladi. Qisqichbaqasimonlar deyarli ayrim jinsli, ovqat xazm qilish, ayirish va qon aylanish sistemalari mavjud. Jabralar yoki teri orqali nafas oladi. Qisqichbaqasimonlarning ayirim turlari parazitlik bilan yashashga o’tgan, shunga ko’ra ularda gavdasining ko’rinishi va tuzilishi tubdan o’zgarib ketgan va tashqi ko’rinishi bo’yicha mutlaqo qisqichbaqasimonlarga o’xshamaydi. Parazit turlari ayniqsa kurakoyoqlilar (Copepoda, - 1000 dan ortiq turi bor), karpxo’rlar (Branchiura, 130 ta turi bor), mo’ylovoyoqlilar (Cirripedia, 54 ta turi bor) va tengoyoqlilar (Isopoda, 430 ta turi bor) turkumlari orasida keng tarqalgan. Kurakoyoqlilar (Copepoda) turkumiga kiruvchi bir qancha turlari har xil hayvonlarda, ko’proq baliqlarda parazitlik qiladi. Parazitlik qilib hayot kechirishi munosabati bilan bunday qisqichbaqasimonlarning tana tuzilishi turli darajada o’zgarishga uchragan. Baliqlarning jabralarida sikloplarga o’xshaydigan Ergasilus va tashqi ko’rinishi boshqa qisqichbaqasimonlardan farq qiladigan Lamproglena va Achteres parazitlik qiladi. Parazit kurakoyoqlilar baliqlarda ektoparazitlik qilishdan tashqari, ko’pchilik umurtqasiz hayvonlar (marjonpoliplar, xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar) va boshqa tur qisqichbaqasimonlarda va ninaterililarda ham tekinxo’rlik qilib hayot kechiradi. 81 Parazit kurakoyoqlilar parazitlik qilib yashash sharoiti ta’sirida o’ziga xos moslamalar xosil qilgan. Ularning antenulla va antennalari xo’jayin organlarga yopishib olish va uning to’qimalaridan shiralarni so’rib olishga turlicha moslashgan. Parazit kurakoyoqlilarning ba’zi erkin yashovchi kurakoyoqlilarga o’xshashligi bir muncha saqlangan. Boshqa parazit kurakoyoqlilarda tanasining tuzilishi shu qadar ko’p o’zgarganki, ularni kurakoyoqlilar emas, balki qisqichbaqasimonlar sinfi vakillari ekanligini bilib bo’lmaydi. Masalan, treska baliqlarining jabralarida Lernaeocepa branchialis degan parazit yashaydi. Baliq jabrasiga yopishib olgan parazit gavdasining shakli uzun xaltaga o’xshaydi. Jinsiy bezlarining rivojlanganligidan gavdasi shishib turadi. Oyoqlari bo’lmaydi. Gavdasining oldingi uchida esa yopishish organlari bor, bu organlar shoxlanib ketgan ildizlarga o’xshaydi. Bu hayvonning rivojlanishi o’rganilgandan keyingina, uning kurakoyoqli qisqichbaqalarga kirishi ma’lum bo’ldi. Karp biti yoki karpxo’r qisqichbaqasimonlar karp balig’ining ektoparaziti hisoblanadi. Gavda tuzilishi tubdan o’zgargan. Boshko’kragi yaxlit. Faqat qorin qismining uchi erkin xolatda. Gavda o’simtalaridan so’rg’ichlar va boshqa yopishuvchi organlar xosil bo’lgan. Parazitlikda hayot kechirish sharoiti karp bitining ichki tuzilishini o’zgarishiga ham olib kelgan. Jumladan, o’rta ichak shoxlangan bo’lib, unda faqat oziq moddalarni zaxira qilib oladi. Karp bitining 60 dan ortiq turi baliqlardan tashqari mollyuskalar va amfibiyalarda parazitlik qiladi. Kurakoyoqlilar baliqlarning terisi, jabrasi, ko’zlari va og’iz bo’shliqlarida yopishib yashab, xilma-xil jaroxatlarni xosil qiladi. Natijada baliqlarning teri, jabra va muskullari shishib ketadi. Jabrada qon aylanish va nafas olish funksiyalari buziladi. Jaroxatlangan joydan qon oqishi yoki o’sha joydan har xil mikroblarning organizmga kirishi sodir bo’ladi. Parazitlar bir necha yuztadan 3000 tagacha uchraydi. Ular baliqlarni mexanik jaroxatlashdan tashqari, o’zlaridan har xil toksinlar ajratib baliqlarni zaharlaydi. Kasallangan baliqlar ozib, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling