80
Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipi hayvonot olamida turlarining ko’pligi
jixatdan dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ayni vaqtda ularning 1500000 ga yaqin turi
fanga ma’lum. Bo’g’imoyoqlilar evolyusiya taraqqiyoti jarayonida turli muhit
sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar hisoblanadi.
Ular dengiz va okeanlarda,
chuchuk suv xavzalarida,
tuproq usti va ichida, xavoda yashaydi. Bir qancha turlari
esa odam va hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi.
Bo’g’imoyoqlilarning eng xarakterli belgisi gavda va undagi o’simtalarni
bo’g’imlarga bo’linganligidir. Gavdasi xitinli kutikula bilan qoplangan.
Kutikula
ularni mexanik shikastlanishdan saqlaydi va muskullar birikadigan tashqi skelet
vazifasini bajaradi. Bo’g’imoyoqlilarning gavdasi uch bo’limdan, ya’ni bosh, ko’krak
va qorindan iborat.
Ovqat
xazm qilish organlari oldingi, o’rta va orqa ichaklarga bo’linadi.
Oziqlanish usullariga qarab og’iz apparatlari har xil tipda tuzilgan. Nerv sistemasi
bosh miya va qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo’lib,
funksional jixatdan yuqori
darajada ixtisoslashgan.
Bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli. Ular yashash tarziga qarab teri, jabra, o’pka va
traxeya orqali nafas oladi.
Bo’g’imoyoqlilar tipida parazit turlari asosan xasharotlar, o’rgimchaksimonlar
va qisman qisqichbaqasimonlar sinflari ichida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: