P a r a z I t o L o g I ya


Xeliseralilar (Chelicerata)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Xeliseralilar (Chelicerata) kenja tipiga 40000 dan ortiq tur kiradi. Ularning 
deyarli hammasi quruqlikda yashashga o’tgan. Gavda tuzilishi bo’g’imoyoqlilarga 
xos belgilarni saqlab qolgan. Odatda tanasi boshko’krak va qorin qismlaridan iborat. 
Boshko’krak qismidan olti juft o’simtalar chiqqan: jumladan, bir juft xelisera, bir juft 
pedipalp va to’rt juft yurish oyoqlari. qorin qismida o’simtalar bo’lmaydi, uchragan 
taqdirda ham ular har xil rudiment organlar yoki teri o’simtalardan iborat bo’ladi. 
Xeliseralilar kenja tipi uchta sinfga bo’linadi: qilichdumlilar (Xiphosura), 
ulkan qalqondorlar (Gigantostraca) va o’rgimchaksimonlar (Arachnida). 
Parazit turlari asosan o’rgimchaksimonlar sinfida uchraydi.
O’rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfining deyarli hammasi quruqlikda 
yashashga o’tib, har xil sharoitlarda hayot kechirishiga moslashgan. Bu sinf ichida 
kanalar turkumi vakillari xaqiqiy parazitlar hisoblanadi. 
O’rgimchaksimonlar sinfining tasnifi xali uzil kesil xal etilmagan. 
Adabiyotlarda bu sinfni 9-13 turkumga, jumladan kanalarni uchta turkumga 
bo’lishadi. Lekin ko’pchilik tadqiqotchilar kanalarni bitta turkumdan iborat deb 
e’tirof etishadi. 


82 
Kanalar (Acari) turkumi vakillarini o’rganuvchi fan akarologiya deb ataladi. 
•ozirgi vaqtda kanalarning 30 mingga yaqin turi ma’lum. Kanalarning aksariyati 
odam va har xil hayvonlarning ektoparazitlari bo’lishi bilan bir qatorda, ular xilma-
xil xavfli kasalliklarni ham tarqatadi. Parazitlik hayot sharoiti ularning tuzilishini 
o’zgarishiga olib kelgan. Jumladan, boshko’krak qoringa butunlay qo’shilib ketgan, 
xeliseralari va pedipalplari sanchib so’ruvchi xartumga aylangan va gavdaning 
oldingi uchida bo’rtib chiqib turadigan “boshcha”sini xosil qilgan. Kanalar 
metamorfoz yo’li bilan rivojlanadi, ya’ni tuxumdan to’rt juft o’rniga atigi uch juft 
yurish oyoqlari bo’lgan lichinga chiqadi. Lichinka rivojlanadi va tullab to’rt juft 
oyoqli nimfa davriga o’tadi. Nimfa 1-3 marta po’st tashlab, jinsiy etuk kana – 
imagoga aylanadi. Kanalar 6 oydan 25 yilgacha yashaydi. 
Kanalarning 800 dan ortiq turi o’simliklarda parazitlik qiladi. 50 dan ortiq turi 
esa tasmasimon chuvalchanglarning rivojlanish siklida oraliq xo’jayin hisoblanadi. 
Kanalar odam va hayvonlarning terisiga yopishib, qonini so’radi, mexanik 
jaroxatlab, yaralar xosil qiladi, zaharli so’laklarini organizmga yuborib zaharlaydi va 
kuchli bezovtalanishga olib keladi. qichima, ya’ni qo’tir kanalari esa terida kuchli 
qichishni vujudga keltirib, organizmni darmonsizlantiradi. Kanalar vujudga keltirgan 
yaralar orqali har xil mikroblar ichkari kirib, boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Ayniqsa chorva mollari va parrandalar kanalardan ko’p azob chekib, ularning 
maxsuldorligi pasayadi, rivojlanishdan orqada qoladi, yosh mollar ko’pincha qirilib 
ketadi. 
Kanalar turkumi vakillari morfologik va biologik xususiyatlariga ko’ra bir 
nechta oilaga bo’linadi. Chorva mollariga, parrandalarga va odamlarga ziyon 
etkazuvchi parazit kanalarga asosan iksod kanalar, argaz kanalar va qichima kanalar 
oilalari kiradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling