P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Iksod kanalar (Ixodidae) oilasi vakillari eng yirik kanalar hisoblanib, jinsiy
voyaga etganlarining kattaligi 4-5 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan. Oziqlanish darajasiga ko’ra ularning katta-kichikligi, gavdasining shakli va rangi o’zgarib turadi. Och kanalar yassi va uzunchoq, oval shaklida, ranglari esa och sariq, sariq-qo’ng’ir, qoramtir, xatto qora tusli bo’ladi. qon so’rib to’ygan urg’ochi kanalar kul rang va och sariq tusga kiradi. Tanasining ustki qismi xitin qoplag’ichi bilan qoplangan. Mazkur qoplag’ich erkagining tanasini ustki tomondan boshdan-oyoq qoplagan bo’lib, unga dorzal qalqoncha deyiladi. Urg’ochilarida qalqoncha tananing faqat oldingi uchini qoplab turadi. SHunga qarab erkak kanalarni urg’ochilaridan oson farq qilish mumkin. Iksod kanalarning gavdasi ikki qismdan: xartumli “boshcha” – gnatosoma va xaqiqiy tana – idiosomalardan iborat. Gnatosoma xaqiqiy tanaga terminal tutashgan va oldingi tomonga turtib chiqib turadi. Xartumning tarkibiy qismiga gipostom, xeliseralar va boshqa bo’g’imli pedipalplar kiradi. Gipostom pastki jag’dan iborat bo’lib, xartum asosining o’rta qismidan oldinga qarab yo’nalgan. Uning yuzasi orqaga qayrilgan tishchalar bilan qoplangan. Gipostomning o’tkir tomoni xeliseralar bilan birga xo’jayin tanasini teshishda ishtirok etadi. Xeliseralar gipostomning uchida joylashgan. Xeliseralar yordamida kana o’z xo’jaynining terisida jaroxat xosil qiladi. 83 Pedipalplar sezish organlari vazifasini bajaradi. Kanalar u bilan teri ustini paypaslab, xartumini qadaydigan joyni tanlaydi. Idiosomada 4 juft olti bo’g’imli oyoqlar joylashgan. Har bir oyog’ining oxirgi bo’g’imida qayrilgan bir juft o’tkir tirnog’i bor, ularning asosida esa so’rish yostiqchasi joylashgan. qorin tomonida uchinchi juft oyog’i bilan bir qatorda ko’ndalang jinsiy teshigi joylashgan bo’ladi. To’rtinchi juft oyoqlarining asosidan har ikki tomonga stigma – nafas olish teshigi ochiladi. Ko’pgina iksod kanalarda ko’zlari bo’ladi. SHuningdek, maxsus xid bilish, eshitish organlari ham mavjud. Iksod kanalarining individual rivojlanishi bir necha davrdan iborat: tuxum, lichinka, nimfa va imago. Bu davrlar bir-biridan morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlariga ko’ra tubdan farq qiladi. Kanalar ayrim jinsli. Tuxum qo’yib rivojlanadi. Bitta urg’ochi kana 3-4 mingdan 10-17 mingtagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlari mayda, ko’pincha oval shaklida va sariq tusli bo’ladi. Iksod kanalarning tuxum qo’yish faolligi va urg’ochilarining qon so’rishi tashqi muhit omillari bilan bevosita bog’liq. Faqat qon bilan oziqlangandan keyingina tuxum qo’yadi. Urg’ochi kana urug’lanib, xo’jayin qonini so’rib to’ygandan keyin tashqi muhitga chiqib, tuxumlarini tuproqqa qo’yadi. Iksod kanalarining urg’ochilari hayotida bir marta tuxum qo’yadi va keyin xalok bo’ladi. Tuxumdan juda mayda olti oyoqli lichinkalar chiqadi. U xo’jayiniga yopishib qonini so’rib tullaydi. Tashqi ko’rinishi ona kanaga o’xshagan 8 oyoqli nimfaga aylanadi. Voyaga etmagan lichinka hamda nimfaning jinsiy teshigi, lichinkalarining esa nafas olish organlari bo’lmaydi, ular butun tanasi yuzasi orqali nafas oladi. Nimfa davrida esa tanasining ikki yon tomonidagi 4-juft oyoqlarining yonida joylashgan stigma bilan tugovchi traxeya orqali nafas oladi. Nimfalar ma’lum vaqtdan keyin oziqlanib to’ygach, tullab jinsiy voyaga etgan erkak va urg’ochi kanalarga aylanadi. Rivojlanish sikli xilma-xil kanalarda bir necha oydan 3-4 yilgacha davom etadi. Kanalar lichinka va nimfa davrlarida ko’pincha kemiruvchilar, xasharotxo’rlar, qushlar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Jinsiy voyaga etgan davrida esa yirik hayvonlar, ya’ni har xil uy va yovvoyi tuyoqlilar, it, tulki va quyonlarning qoni bilan oziqlanadi. Kanalar har gal tullagandan keyin xo’jayini qonini so’rib yashaydi, shu vaqtda kana gavdasini qoplab olgan xitin bir muncha qattiqlashadi. Ayrim lichinkalar, och qolgan nimfa va imagolar o’tlarga yopishib harakat qiladi. Ular orqa oyoqlari bilan o’tlarga yopishib oladi va oldingi bir juft oyoqlarini yuqoriga ko’tarib, tebranib turadi. Kanalar eshitish organlari yordamida o’z xo’jayini yaqinlashayotganini sezadi va unga tashlanadi. Bunda u oyoqlari yordamida teriga yopishib, xartumi bilan terini teshadi. Kanalarda o’z xo’jayini qonini so’rish muddati, ularning rivojlanishiga qarab 3-10 kun davom etadi. Erkak kanalar urg’ochilariga qaraganda kamroq qon so’radi. Kanalar rivojlanish davrida xilma-xil tabiiy sharoitda yashab qishlashi mumkin. Kuzda qo’ygan tuxumlari qishlaydi, undan kelgusi yil baxorda lichinka chiqadi. Ayrim tur kanalar jinsiy voyaga etganda xo’jayini tanasida qishlaydi va shu organizmda rivojlanadi. Erkak kanalar urg’ochilariga qaraganda xo’jayini tanasida 84 uzoq yashaydi. Odatda erkak kanalar bir joydan ikkinchi joyga o’tib urg’ochi kanalarni izlaydi va ularni topib urug’lantiradi. Kanalar rivojlanishi va oziqlanishiga ko’ra bir, ikki va uch xo’jayinli bo’ladi. Bir xo’jayinli kanalar rivojlanishining hamma fazalarini erga tushmasdan, faqat o’z xo’jayini tanasida o’tkazadi. Bir xo’jayinli kanalarga Boophilus calcaratus, Hyalomma scupense va boshqalar kiradi. Ikki xo’jayinli kanalar birinchi xo’jayiniga lichinkalik davrida o’tadi. Uning tanasida tullab, nimfaga aylanadi. Nimfa qon so’rib to’ygandan keyin erga tushib tullaydi, so’ngra imagoga aylanadi. Imago oziqlanish uchun ikkinchi xo’jayinga xujum qilib, qonga to’ygandan keyin erga tushadi. Ikki xo’jayinli kanalarga Rhipicephalus bursa, Hyalomma pulmeum, Hyalomma detrium va boshqalar kiradi. Uch xo’jayinli kanalar uch turdagi hayvon organizmini almashtiradi. Birinchi xo’jayinga lichinkalik davrida o’tib qonini so’rib to’ygandan so’ng erga tushadi, tullaydi va nimfaga aylanadi. Nimfa ikkinchi xo’jayinga o’rmalab o’tadi va uning qonini so’rib erga tushadi, tashqi muhitda tullab, imagoga aylanadi. Uchinchi xo’jayinga xujum qilib uning qonini so’radi, so’ngra tuxum qo’yish uchun erga tushadi. Bunday kanalarga Ixodes, Haemaphysalis, Dermacentop avlodlari va Philicephalus tipanicus, Hyalomma anatolicum turlari kiradi. Bir yoki ikki xo’jayinli kanalarning lichinka va nimfalari mayda yovvoyi sutemizuvchilar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Imago davrida esa yirik uy va yovvoyi hayvonlarning qonini so’rib oziqlanadi. Iksod kanalarida rivojlanish sikli ancha mukammalashgan, ular bir fazadan ikkinchi fazaga o’tganda bir marta tullaydi. SHuningdek, evolyusion taraqqiyot jarayonida ular ko’p xo’jayinlilikdan bir xo’jayinlilikka o’tgan, chunki ko’p xo’jayinlilik kanalarning yashashi uchun noqulay bo’lgan. Iksod kanalari bir qancha og’ir kasalliklarni, ya’ni tayga ensefaliti, toshmali tif, tulyaremiya, gemorragik isitma, piroplazmoz, babezioz, anaplazmoz, teylerioz va boshqa ko’plab kasalliklarni yuqtiradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling