P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Yaylov kanalari (Hyalomma) ham iksod kanalarining eng yirik vakillari 
hisoblanadi. qonga to’ygan urg’ochi kananing uzunligi 2,5-3 sm ga boradi. MDXda 
yaylov kanasining 10 dan ortiq turi tarqalgan. 
Xialomma avlodiga kiruvchi kanalar bir, ikki va uch xo’jayin ishtirokida 
rivojlanadi. Urg’ochilari 4 mingdan 15 minggacha tuxum qo’yadi. Xialomma 
avlodining quyidagi turlari veterinariyada muhim ahamiyatga ega.
Hyalomma scupence rivojlanish sikli bir xo’jayinda o’tishi bilan boshqa 
turlardan farq qiladi. Bu kana asosan qoramol va qisman ot qoni bilan oziqlanadi. 
Ular SHimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, O’rta Povolje va 
Ukrainada tarqalgan. Ular qoramollarga teylerioz, anaplazmoz, otlarga nuttalioz, 
cho’chqalarga piroplazmoz kasalliklari qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Bu kana 
tanasida brusellyoz va o’lat kasali qo’zg’atuvchilari ham bo’lib, undan boshqa 
hayvonlarga va odamga o’tadi.


86 
Hyalomma detritum boshqa yaylov kanalariga qaraganda yirikroq va ikki 
xo’jayinli. Urg’ochi kana 5-7 mingtagacha tuxum qo’yadi va bir ikki oydan keyin 
ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinka bilan nimfa 10 kungacha qon so’radi. Kananing 
to’liq rivojlanishi 4 oydan 13 oygacha davom etadi. Lichinkalari 7-8 oygacha, 
imagolari 6-8 oygacha yashashi mumkin. Bu kana Ozarbayjon, SHarqiy Gruziya, 
Armaniston, Turkmaniston, Janubiy qozog’iston, O’zbekiston va Tojikistonning 
cho’l va chala cho’l mintaqalarida uchraydi. Bu kana qoramollarning teylerioz 
kasalligini yuqtiruvchilaridan biri hisoblanadi. 
Hyalomma anatolicum uncha katta bo’lmagan uch xo’jayinli kana, asosan 
qoramollarda parazitlik qiladi. Ayrim vaqtlarda ot va boshqa hayvonlarning qonini 
so’radi. Imago, nimfa va ba’zan tuxumlari qishlaydi. 8-10 kungacha yashashi 
mumkin. Bu kana ham Markaziy Osiyo respublikalarida tarqalgan. Asosiy zarari 
qoramollarga teylerioz qo’zg’atuvchisini yuqtiradi hamda listerioz, isitma 
qo’zg’atuvchilarini o’z tanasida saqlaydi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling