P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Iksod kanalar (Ixodidae) oilasi vakillari eng yirik kanalar hisoblanib, jinsiy 
voyaga etganlarining kattaligi 4-5 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Tanasi bo’g’imlarga 
bo’linmagan. Oziqlanish darajasiga ko’ra ularning katta-kichikligi, gavdasining 
shakli va rangi o’zgarib turadi. Och kanalar yassi va uzunchoq, oval shaklida, ranglari 
esa och sariq, sariq-qo’ng’ir, qoramtir, xatto qora tusli bo’ladi. qon so’rib to’ygan 
urg’ochi kanalar kul rang va och sariq tusga kiradi. 
Tanasining ustki qismi xitin qoplag’ichi bilan qoplangan. Mazkur qoplag’ich 
erkagining tanasini ustki tomondan boshdan-oyoq qoplagan bo’lib, unga dorzal 
qalqoncha deyiladi. Urg’ochilarida qalqoncha tananing faqat oldingi uchini qoplab 
turadi. SHunga qarab erkak kanalarni urg’ochilaridan oson farq qilish mumkin. Iksod 
kanalarning gavdasi ikki qismdan: xartumli “boshcha” – gnatosoma va xaqiqiy tana – 
idiosomalardan iborat. Gnatosoma xaqiqiy tanaga terminal tutashgan va oldingi 
tomonga turtib chiqib turadi. Xartumning tarkibiy qismiga gipostom, xeliseralar va 
boshqa bo’g’imli pedipalplar kiradi. Gipostom pastki jag’dan iborat bo’lib, xartum 
asosining o’rta qismidan oldinga qarab yo’nalgan. Uning yuzasi orqaga qayrilgan 
tishchalar bilan qoplangan. Gipostomning o’tkir tomoni xeliseralar bilan birga 
xo’jayin tanasini teshishda ishtirok etadi. 
Xeliseralar gipostomning uchida joylashgan. Xeliseralar yordamida kana o’z 
xo’jaynining terisida jaroxat xosil qiladi. 


83 
Pedipalplar sezish organlari vazifasini bajaradi. Kanalar u bilan teri ustini 
paypaslab, xartumini qadaydigan joyni tanlaydi. 
Idiosomada 4 juft olti bo’g’imli oyoqlar joylashgan. Har bir oyog’ining oxirgi 
bo’g’imida qayrilgan bir juft o’tkir tirnog’i bor, ularning asosida esa so’rish 
yostiqchasi joylashgan. qorin tomonida uchinchi juft oyog’i bilan bir qatorda 
ko’ndalang jinsiy teshigi joylashgan bo’ladi. To’rtinchi juft oyoqlarining asosidan har 
ikki tomonga stigma – nafas olish teshigi ochiladi. Ko’pgina iksod kanalarda ko’zlari 
bo’ladi. SHuningdek, maxsus xid bilish, eshitish organlari ham mavjud. 
Iksod kanalarining individual rivojlanishi bir necha davrdan iborat: tuxum, 
lichinka, nimfa va imago. Bu davrlar bir-biridan morfologik tuzilishi va biologik 
xususiyatlariga ko’ra tubdan farq qiladi. 
Kanalar ayrim jinsli. Tuxum qo’yib rivojlanadi. Bitta urg’ochi kana 3-4 
mingdan 10-17 mingtagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlari mayda, ko’pincha oval 
shaklida va sariq tusli bo’ladi. Iksod kanalarning tuxum qo’yish faolligi va 
urg’ochilarining qon so’rishi tashqi muhit omillari bilan bevosita bog’liq. Faqat qon 
bilan oziqlangandan keyingina tuxum qo’yadi. 
Urg’ochi kana urug’lanib, xo’jayin qonini so’rib to’ygandan keyin tashqi 
muhitga chiqib, tuxumlarini tuproqqa qo’yadi. Iksod kanalarining urg’ochilari 
hayotida bir marta tuxum qo’yadi va keyin xalok bo’ladi. Tuxumdan juda mayda olti 
oyoqli lichinkalar chiqadi. U xo’jayiniga yopishib qonini so’rib tullaydi. Tashqi 
ko’rinishi ona kanaga o’xshagan 8 oyoqli nimfaga aylanadi. Voyaga etmagan 
lichinka hamda nimfaning jinsiy teshigi, lichinkalarining esa nafas olish organlari 
bo’lmaydi, ular butun tanasi yuzasi orqali nafas oladi. Nimfa davrida esa tanasining 
ikki yon tomonidagi 4-juft oyoqlarining yonida joylashgan stigma bilan tugovchi 
traxeya orqali nafas oladi. Nimfalar ma’lum vaqtdan keyin oziqlanib to’ygach, tullab 
jinsiy voyaga etgan erkak va urg’ochi kanalarga aylanadi. Rivojlanish sikli xilma-xil 
kanalarda bir necha oydan 3-4 yilgacha davom etadi. 
Kanalar lichinka va nimfa davrlarida ko’pincha kemiruvchilar, xasharotxo’rlar, 
qushlar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Jinsiy voyaga etgan davrida esa 
yirik hayvonlar, ya’ni har xil uy va yovvoyi tuyoqlilar, it, tulki va quyonlarning qoni 
bilan oziqlanadi. 
Kanalar har gal tullagandan keyin xo’jayini qonini so’rib yashaydi, shu vaqtda 
kana gavdasini qoplab olgan xitin bir muncha qattiqlashadi. 
Ayrim lichinkalar, och qolgan nimfa va imagolar o’tlarga yopishib harakat 
qiladi. Ular orqa oyoqlari bilan o’tlarga yopishib oladi va oldingi bir juft oyoqlarini 
yuqoriga ko’tarib, tebranib turadi. Kanalar eshitish organlari yordamida o’z xo’jayini 
yaqinlashayotganini sezadi va unga tashlanadi. Bunda u oyoqlari yordamida teriga 
yopishib, xartumi bilan terini teshadi. 
Kanalarda o’z xo’jayini qonini so’rish muddati, ularning rivojlanishiga qarab 
3-10 kun davom etadi. Erkak kanalar urg’ochilariga qaraganda kamroq qon so’radi. 
Kanalar rivojlanish davrida xilma-xil tabiiy sharoitda yashab qishlashi 
mumkin. Kuzda qo’ygan tuxumlari qishlaydi, undan kelgusi yil baxorda lichinka 
chiqadi. Ayrim tur kanalar jinsiy voyaga etganda xo’jayini tanasida qishlaydi va shu 
organizmda rivojlanadi. Erkak kanalar urg’ochilariga qaraganda xo’jayini tanasida 


84 
uzoq yashaydi. Odatda erkak kanalar bir joydan ikkinchi joyga o’tib urg’ochi 
kanalarni izlaydi va ularni topib urug’lantiradi. 
Kanalar rivojlanishi va oziqlanishiga ko’ra bir, ikki va uch xo’jayinli bo’ladi. 
Bir xo’jayinli kanalar rivojlanishining hamma fazalarini erga tushmasdan, faqat o’z 
xo’jayini tanasida o’tkazadi. Bir xo’jayinli kanalarga Boophilus calcaratus, 
Hyalomma scupense va boshqalar kiradi. 
Ikki xo’jayinli kanalar birinchi xo’jayiniga lichinkalik davrida o’tadi. Uning 
tanasida tullab, nimfaga aylanadi. Nimfa qon so’rib to’ygandan keyin erga tushib 
tullaydi, so’ngra imagoga aylanadi. Imago oziqlanish uchun ikkinchi xo’jayinga 
xujum qilib, qonga to’ygandan keyin erga tushadi. Ikki xo’jayinli kanalarga 
Rhipicephalus bursa, Hyalomma pulmeum, Hyalomma detrium va boshqalar kiradi. 
Uch xo’jayinli kanalar uch turdagi hayvon organizmini almashtiradi. Birinchi 
xo’jayinga lichinkalik davrida o’tib qonini so’rib to’ygandan so’ng erga tushadi
tullaydi va nimfaga aylanadi. Nimfa ikkinchi xo’jayinga o’rmalab o’tadi va uning 
qonini so’rib erga tushadi, tashqi muhitda tullab, imagoga aylanadi. Uchinchi 
xo’jayinga xujum qilib uning qonini so’radi, so’ngra tuxum qo’yish uchun erga 
tushadi. Bunday kanalarga Ixodes, Haemaphysalis, Dermacentop avlodlari va 
Philicephalus tipanicus, Hyalomma anatolicum turlari kiradi. 
Bir yoki ikki xo’jayinli kanalarning lichinka va nimfalari mayda yovvoyi 
sutemizuvchilar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Imago 
davrida esa yirik uy va yovvoyi hayvonlarning qonini so’rib oziqlanadi. Iksod 
kanalarida rivojlanish sikli ancha mukammalashgan, ular bir fazadan ikkinchi fazaga 
o’tganda bir marta tullaydi. SHuningdek, evolyusion taraqqiyot jarayonida ular ko’p 
xo’jayinlilikdan bir xo’jayinlilikka o’tgan, chunki ko’p xo’jayinlilik kanalarning 
yashashi uchun noqulay bo’lgan. 
Iksod kanalari bir qancha og’ir kasalliklarni, ya’ni tayga ensefaliti, toshmali tif, 
tulyaremiya, gemorragik isitma, piroplazmoz, babezioz, anaplazmoz, teylerioz va 
boshqa ko’plab kasalliklarni yuqtiradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling