P a r a z I t o L o g I ya


 Tikanli bitlar (Echinophthizidae


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

2. Tikanli bitlar (Echinophthizidae) oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida 
parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Ularning tanasi tikanchalarga o’xshagan tukchalar 
bilan qoplagan bo’ladi. Tyulenlar burun teshiklarining oldida tyulen biti parazitlik 
qiladi. 
3. Pedikulidlar (Pediculidae) oilasiga faqat odam va odamsimon 
maymunlarda parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Odamda bitlarning uch turi yashaydi, 
ya’ni bosh biti, kiyim biti va qov biti uchraydi. 
Qov biti odam badanining tukli joylarida (qovda, qo’ltiq tagi junida, soqolda 
va xatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi. 
qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko’rinib turadi. 
Ko’krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi (erkagi 
– 1 mm, urg’ochisi – 1,5 mm) hisoblanadi. qov biti 26 kungacha yashaydi. 
qov biti ftirioz kasalligini qo’zg’atadi. U o’zining yassi tanasi bilan odam 
terisiga maxkam yopishib oladi. Ular xartumini teriga sanchib bitta joyda 
qimirlamasdan uzoq vaqt davomida qon so’radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu-
kunduz qichiydi va ko’karib qoladi. Uning so’lagi gemoglabinni parchalaydi, shuning 
uchun chaqqan joyi ko’karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, umumiy o’rin-ko’rpadan 
foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa odamga o’tadi. qov biti 
kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan. Aksincha, odamda yashaydigan 
bitlarning boshqa turlari – bosh biti va kiyim biti turli kasalliklarni tarqatuvchilar 
sifatida xavflidir. 
Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pediculus humanus 
capitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasl beradi, shuning uchun ular bitta 
turning (Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi. 


92 
Bosh biti sochlarda bo’lib, o’z tuxumini (sirkalarni) sochga yopishtirib 
qo’yadi. Tanasining kattaligi erkaginiki 2-3 mm, urg’ochisiniki esa 4 mm atrofida 
bo’ladi. Rangi to’q kulrang. 
Kiyim biti kiyim-kechaklarning choklarida yashaydi va shu joylarga sirka 
qo’yadi. Uning tanasi och kulrang bo’lib, urg’ochisining kattaligi 4-5 mm ga boradi. 
qorin segmentlarini ikki yonidagi pigment dog’lar och rangda, tanasini qoplab turgan 
xitinli qoplamasi juda yupqa bo’lib, xatto so’rilgan qon ko’rinib turadi. Bitlar 
hayotining hamma rivojlanish davrida odam qoni bilan ovqatlanadigan, doimiy 
ektoparazitdir. Bir kunda ikki-uch marta 3-10 minut davomida qon so’radi, ovqatsiz 
o’n kungacha yashashi mumkin. Kiyim biti harakatchan, 27
0
S li haroratda 1 minutda 
35 sm harakat qiladi. Otalangan urg’ochilari bir kunda 6-14 tadan tuxum (sirka) 
qo’yadi. Kiyim biti umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum 
qo’yadi. Tuxumdan bir xaftada yosh bitchalar chiqadi. Umuman, tuxum qo’yishidan 
boshlab, voyaga etgan bitga aylanguncha rivojlanish davri 16-20 kunga to’g’ri keladi. 
Voyaga etgan bitlar 1,5-2 oy yashaydi. Ancha tez rivojlanadigan bo’lgani uchun 
parazitlarning soni qisqa vaqt ichida ko’payib ketishi mumkin. Bitlar qon bilan 
ovqatlanganda, odam terisiga o’z so’lagini tushiradi. Chaqqan joylar qichishadi, 
qashiganda terida jaroxatlar paydo bo’ladi. Bitlab ketgan odam (qarovsiz qolgan 
bolalar, qariyalar) pedikullyoz kasalligiga uchrashi mumkin. Pedikullyoz avj olishi 
natijasida organizmni umuman quvvatsizlantirib, koltun degan kasallikka sabab 
bo’lishi mumkin. Bu kasallikda jaroxatlangan teridan qon chiqib, jaroxatlar 
yallig’lanadi, yiringlaydi va sochlar bir-biriga yopishib qoladi.
Bitlar shuningdek og’ir kasalliklarni (toshmali va qaytalama terlama (tif)) 
tarqatuvchilar hisoblanadi. Toshmali tif bilan og’rigan bemorning tana harorati 
ko’tariladi, badanida shu kasallikka xos bo’lgan toshmalar paydo bo’ladi, boshi 
og’riydi, xatto xushidan ketishi mumkin. Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jaxon 
urushlarida qanchadan-qancha odamlar qirilib ketgan. Toshmali terlama kasalligining 
chaqiruvchisi Provachek rikketsiyalari bo’lib, bemorlarni qonida bo’ladi. Birinchi 
marta 1910 yilda amerikalik olim G.T.Rikkets tomonidan kasallikning 
chaqiruvchilari toshmali tif bilan og’rigan bemorlarning qonida va ularda parazitlik 
qilayotgan bitlar ichagida aniqlangan. Lekin olim o’zining bu tajribasini oxiriga 
etkaza olmay o’ziga yuqqan toshmali tifdan o’ladi. Bir yildan keyin kasallik 
chaqiruvchilari to’liq o’rganilib, olim sharafiga Provachek rikketsiyasi deb 
nomlanadi. Toshmali tif qo’zg’atuvchilarining bemor qonida bo’lishini aniqlashda rus 
shifokori O.O.Mochutkovskiy (1845-1903) fidoiylik ko’rsatadi. U toshmali tif bilan
og’rigan bemor qonini o’ziga in’eksiya qiladi va 18 kundan keyin ushbu kasallikning 
og’ir ko’rinishiga uchraydi. Bit bemor qonini so’rar ekan, o’zi bilan kasallik 
chaqiruvchilarini olib ketadi. Rikketsiyalar bitlar oshqozonida ko’payadi va axlati 
bilan birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar bit orqali ikki yo’l bilan sog’lom 
odamga o’tishi mumkin: 
1. qonni so’rganda, ya’ni rikketsiyalar bilan ifloslangan bitning og’iz apparati orqali 
(ayrim ma’lumotlar asosida xulosa qilingan, lekin zararlangan bitlarning so’lak 
bezlarida kasallik chaqiruvchilarni topishmagan). 
2. Badanning bit axlati qolib ketgan joyi qashilganda. 


93 
Ma’lumki, bit qon so’rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar axlatida 
rikketsiyalar bo’lib, chaqqan joylar qashilganda, jaroxatlangan teri orqali yuqadi. 
Qaytalama terlama kasalligining tarqatuvchisi ham bitlardir. qaytalama terlama 
kasalligining meyer spiroxetasi bo’lib, bemor qoni bilan birga bit oshqozoniga va u 
erdan bit tanasi bo’shlig’iga tushadi. 
Spiroxetali bitlar odamni chaqqanda unga kasallik yuqtirmaydi. Bit ezilganda 
uning tanasidagi suyuqlik (gemolimfa) qashlangan joyga tushgan taqdirdagina 
odamga kasallik o’tadi. Bitning bitta mo’ylovi ezilsa kifoya, bir tomchi gemolimfa 
tushgan joyidagi teri orqali spiroxetalar yuqadi.
Bitlar og’ir sharoitda, odamlar bir joyda to’planib antisanitar xolatda 
yashashlari natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklarni almashtirish imkoniyati 
bo’lmaganda ko’plab uchraydi. Ayniqsa, ocharchilik va urush yillarida bitlar keng 
tarqalgan. •ozirgi sharoitda ham odamlar g’uj bo’lib yashaydigan joylar, ya’ni 
bog’cha, maktab, harbiy xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning tarqalishi uchun 
qulay joylardir. 
Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo’qotishdan iborat. Ichki kiyimlar va 
o’rin-ko’rpalarga issiqlik yoki bug’ bilan ishlaydigan kameralar bilan (100 
o
S da) 
ishlov berilsa, bitlar tamomila qirilib ketadi. SHu bilan birga shaxsiy gigiena 
qoidalariga ham qat’iy rioya qilish kerak. Yana shuni ham eslatib o’tish kerak-ki, 
rikketsiyalar o’lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham ancha vaqt tirik xolda saqlanishi 
mumkin, xatto qurib ketgan bitlarning axlatida ham uzoq vaqtgacha o’zining 
yuqumliligini yo’qotmaydi. Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar tirik bo’lishi shart 
emas, balki bemor kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning axlati yoki 
o’ligi ham kasallikning yuqishiga sababchi bo’lishi mumkin. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling