P a r a z I t o L o g I ya
– mavzu. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlar
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xasharotlar (Insecta)
- Parxo’rlar (Mallophaga)
11 – mavzu. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlar Mavzu rejasi: 1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlarning umumiy tasnifi. 2. Patxo’rlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va ularning parrandachilik hamda chorvachilik xo’jaliklariga keltiradigan zarari. 3. Bitlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va ularning odam hamda chorva mollariga keltiradigan zarari. 4. Odam va hayvonlarda uchrovchi parazit qandalalarning tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari. 5. Burgalar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari. 6. Ikki qanotlilar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari. Xasharotlar (Insecta) sinfi vakillari er yuzida juda keng tarqalgan bo’lib, xilma- xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan. Xasharotlar sinfi traxeya bilan nafas oluvchilar (Tracheata) kenja tipi, bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipiga kiradi. 90 Xasharotlar sinfiga 1,5 mln.dan ortiq tur kiradi. xasharotlar orasida odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hamda turli kasalliklar tarqatuvchi turlari ham ko’plab uchraydi. Xasharotlar orasida ayniqsa bitlar, burgalar, ko’pchilik ikki qanotlilar, qandalar turkumlari vakillari odam va maxsuldor hayvonlarda parazitlik qilib, har xil xavfli kasalliklarni qo’zg’atadi va tarqatadi. quyida ana shunday xasharotlar to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. Parxo’rlar (Mallophaga) turkumi vakillari qanotsiz bo’lib, qushlarning va qisman sutemizuvchilarning parazitlari hisoblanadi. Parxo’rlarning tanasi bir oz yassilashgan, ko’zlari o’z navbatida reduksiyaga uchragan. Og’iz apparati kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2 bo’g’imdan iborat bo’lib, bitta yoki ikkita “tirnoqcha” bilan tugallanadi. Parxo’rlar o’zlarining tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo’rlarga o’xshasa, ikkinchi tomondan bitlarga o’xshab ketadi. Parxo’rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib hayot kechiradi. Ularning ayrim turlari xatto yirik qushlarning og’iz bo’shlig’ida uchrab, ularning endoparazitlariga aylangan. Parxo’rlar soch, tuk, jun, pat va parlar orasida erkin harakat qilish qobiliyatiga ega. Tuxumlari qopqoqchali bo’lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishtirib qo’yiladi. Bunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar paydo bo’ladi. Lichinkalar o’z tuzilishiga ko’ra voyaga etganlariga o’xshab ketadi, faqat o’lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi. Parxo’rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 xaftani o’z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan maxsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan ajraladigan moddalar hisobiga yashaydi. Ular o’zlari yashayotgan organizmni juda ham bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning maxsuldorligi kamayadi. It va mushuklarning parxo’rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, ba’zan ayrim tur parazit chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi. Parxo’rlarning 2600 ga yaqin turi ma’lum, shulardan 300 yaqin turi sutemizuvchilarning, qolganlari esa qushlarning parazitlari hisoblanadi. Ulardan taxminan 400 ga yaqin turi MDX mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan. Parxo’rlar turkumi o’z navbatida ikkita kenja turkumni va bir necha oilani o’z ichiga oladi. Xaqiqiy parxo’rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo’rini misol qilib olish mumkin. Pat va sochxo’rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo’ri va kaptar parxo’rini misol qilib keltirish mumkin. SHuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o’rdak parxo’ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan parxo’r turlarini ham ko’rsatish mumkin. Kimyoviy preparatlardan foydalanib parxo’rlarga qarshi kurash olib boriladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling