P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Gematopidlar (Heamatopidae
Bitlar (Anoplura) turkumining vakillari faqat sutemizuvchilar sinfi vakillarida
parazitlik qilib yashaydigan qon so’ruvchi ektoparazitlardir. Bitlarning 300 ga yaqin turlari bor. MDXda 40 ga yaqin turi uchraydi. Bitlarning tanasi dozoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida og’iz apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko’zlari oddiy, ayrimlarida esa ko’zlari umuman bo’lmaydi. Bir juft 3-5 bo’g’imli kalta mo’ylovlari sezish a’zolari vazifasini bajaradi. 91 Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar, gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo’lib, xartumchaning ichida joylashgan. Bit chaqqanda og’iz a’zolari xartumchadan tashqariga chiqib, terini jaroxatlaydi va qonni so’radi. So’lak bezlarining maxsuloti qon ivishiga qarshilik ko’rsatadi. Tananing ko’krak qismi bir-biriga qo’shilib ketgan uchta segmentdan tuzilgan bo’lib, uch juft yurish oyoqlariga ega. qanotlari bo’lmaydi. Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi. Xasharotning jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo’ladi. Urg’ochi bit qornining oxirida o’roqqa o’xshagan bir juft o’simtasi bo’ladi. Jinsiy teshigi sakkizinchi qorin segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi to’qqizinchi segmentda joylashgan. Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko’rinadi. Urug’lanishi ichki, rivojlanishi chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinka uch marta tullab imagoga aylanadi. Bitlarning tuxumi sirka deyiladi. Bitlar ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o’ziga xos biti bo’ladi. Bitlar turkumiga uchta oila kiradi: 1. Gematopidlar (Heamatopidae) oilasi vakillarining ko’zi yo’q, tanasi tukchalar bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan tashqari) parazitlik qiladi. Fil, cho’chqa, qoramol, quyon va bug’u bitlari shular jumlasiga kiradi. Bu bitlar parazitlik qilish bilan birga kuydirgi, cho’chqalarda o’lat kasalligini ham tarqatadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling