P a r a z I t o L o g I ya
Xeliseralilar (Chelicerata)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rgimchaksimonlar (Arachnida)
- Kanalar (Acari)
Xeliseralilar (Chelicerata) kenja tipiga 40000 dan ortiq tur kiradi. Ularning
deyarli hammasi quruqlikda yashashga o’tgan. Gavda tuzilishi bo’g’imoyoqlilarga xos belgilarni saqlab qolgan. Odatda tanasi boshko’krak va qorin qismlaridan iborat. Boshko’krak qismidan olti juft o’simtalar chiqqan: jumladan, bir juft xelisera, bir juft pedipalp va to’rt juft yurish oyoqlari. qorin qismida o’simtalar bo’lmaydi, uchragan taqdirda ham ular har xil rudiment organlar yoki teri o’simtalardan iborat bo’ladi. Xeliseralilar kenja tipi uchta sinfga bo’linadi: qilichdumlilar (Xiphosura), ulkan qalqondorlar (Gigantostraca) va o’rgimchaksimonlar (Arachnida). Parazit turlari asosan o’rgimchaksimonlar sinfida uchraydi. O’rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfining deyarli hammasi quruqlikda yashashga o’tib, har xil sharoitlarda hayot kechirishiga moslashgan. Bu sinf ichida kanalar turkumi vakillari xaqiqiy parazitlar hisoblanadi. O’rgimchaksimonlar sinfining tasnifi xali uzil kesil xal etilmagan. Adabiyotlarda bu sinfni 9-13 turkumga, jumladan kanalarni uchta turkumga bo’lishadi. Lekin ko’pchilik tadqiqotchilar kanalarni bitta turkumdan iborat deb e’tirof etishadi. 82 Kanalar (Acari) turkumi vakillarini o’rganuvchi fan akarologiya deb ataladi. •ozirgi vaqtda kanalarning 30 mingga yaqin turi ma’lum. Kanalarning aksariyati odam va har xil hayvonlarning ektoparazitlari bo’lishi bilan bir qatorda, ular xilma- xil xavfli kasalliklarni ham tarqatadi. Parazitlik hayot sharoiti ularning tuzilishini o’zgarishiga olib kelgan. Jumladan, boshko’krak qoringa butunlay qo’shilib ketgan, xeliseralari va pedipalplari sanchib so’ruvchi xartumga aylangan va gavdaning oldingi uchida bo’rtib chiqib turadigan “boshcha”sini xosil qilgan. Kanalar metamorfoz yo’li bilan rivojlanadi, ya’ni tuxumdan to’rt juft o’rniga atigi uch juft yurish oyoqlari bo’lgan lichinga chiqadi. Lichinka rivojlanadi va tullab to’rt juft oyoqli nimfa davriga o’tadi. Nimfa 1-3 marta po’st tashlab, jinsiy etuk kana – imagoga aylanadi. Kanalar 6 oydan 25 yilgacha yashaydi. Kanalarning 800 dan ortiq turi o’simliklarda parazitlik qiladi. 50 dan ortiq turi esa tasmasimon chuvalchanglarning rivojlanish siklida oraliq xo’jayin hisoblanadi. Kanalar odam va hayvonlarning terisiga yopishib, qonini so’radi, mexanik jaroxatlab, yaralar xosil qiladi, zaharli so’laklarini organizmga yuborib zaharlaydi va kuchli bezovtalanishga olib keladi. qichima, ya’ni qo’tir kanalari esa terida kuchli qichishni vujudga keltirib, organizmni darmonsizlantiradi. Kanalar vujudga keltirgan yaralar orqali har xil mikroblar ichkari kirib, boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa chorva mollari va parrandalar kanalardan ko’p azob chekib, ularning maxsuldorligi pasayadi, rivojlanishdan orqada qoladi, yosh mollar ko’pincha qirilib ketadi. Kanalar turkumi vakillari morfologik va biologik xususiyatlariga ko’ra bir nechta oilaga bo’linadi. Chorva mollariga, parrandalarga va odamlarga ziyon etkazuvchi parazit kanalarga asosan iksod kanalar, argaz kanalar va qichima kanalar oilalari kiradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling