P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOKSIDIYALAR (COCCIDIIDA
3 – mavzu. SPORALILAR (SPOROZOA) ВА MIKSOSPORIDIYaLAR (MYXOSPORIDIA), SPORALILAR tipiga 4000 dan ortiq tur kirib, ularning hammasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan odamlarning turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. SHunga ko’ra ularning rivojlanishi murakkablashgan bo’lib, har xil muhit sharoitda yashashga, xo’jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payish kabi yangi xususiyatlar vujudga kelgan. Ularning harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuolalari rivojlanmagan, ximoya qobig’iga o’ralib spora xosil qiladi. Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarinina) sinflariga bo’linadi. Maxsuldor hayvonlarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari parazitlik qilib, xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Koksidiyasimonlar sinfi o’z navbatida bir necha turkumlarga bo’linadi. KOKSIDIYALAR (COCCIDIIDA) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar organlarining epiteliy to’qima hujayralarida, ya’ni ichak va jigarda parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat ma’lum bir tur hayvonda yashaydi. Voyaga etgan koksidiyalar harakatsiz bo’ladi. Cho’zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. Koksidiyalarning ko’payishida jinsiy va jinssiz bo’g’inlarning to’g’ri gallanishi xarakterlidir. Qoramollar, qo’y va echkilar, quyonlar va parrandalarda asosan Eimeria avlodining turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonlarda bir xil bo’lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya davrlarini) o’taydi. Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti xo’jayinlar ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda (ekzogen davri) o’tadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling