P a r a z I t o L o g I ya


Trixomonadalar (Trichomonas)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Trixomonadalar (Trichomonas) - trixomonadoz kasalligini chaqiruvchilar 
bo’lib, uch turni o’z ichiga oladi: 1.Ichak trixomonadasi - Trichomonas hominis; 2. 
qin trixomonadasi - Trichomonas vaginalis; 3.Og’iz trixomonadasi - Trichomonas 
tenax. 
Ichak trixomonadasi odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. qin 
trixomonadasi esa ayol va erkaklarning siydik va jinsiy yo’llarida hayot kechiradi. 
Trixomonadalarning tanasi oval shaklida bo’lib, orqa qismi ingichkalashib 
ketgan. Uzunligi 5-10 mkm (ichak trixomonadasi) va 15-30 mkmgacha (qin 
trixomonadasi) bo’ladi. 


14 
Oldingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan bo’lib, yadro oldida blefaroplast 
yotadi.
Barcha xivchinlilar sinfi vakillari singari trixomo-nadalarning harakat 
organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchin-larining soni 4-5 ta bo’lib, ulardan bittasi 
to’lqinsimon parda bo’ylab orqaga qayrilgan. Sitoplazmasida xazm qiluvchi 
vakuolalari bor. Trixomonadaning tanasi bo’ylab uzunasiga ketgan tayanch o’zak 
aksostil joylashgan, cheti bo’ylab to’lqinlanuvchi membrana (parda) yotadi. qin 
trixomonadasi va og’iz trixomonadasining to’lqinlanuvchi membranasi qisqa bo’ladi.
Trixomonadalar ikki usul bilan oziqlanadi, ya’ni oziq moddalarni tananing 
butun yuzasi bilan shimadi (osmatik usulda) yoki hujayra og’zi - sitostom orqali 
(qamrab olish usuli bilan). Lekin xozirga qadar qin trixonomadasining sistostomi 
aniqlanmagan. Trixonomadalar uzunasiga bo’linish (mitoz) yo’li bilan jinssiz 
ko’payadi. Sistalar xosil qilishi aniqlanmagan. Ichak trixonomadasi odamlarda xavfli 
kasalliklarni keltirib chiqarmaydi, lekin kolit (ich qotish) kasalini tezlashtiradi.
Ichak trixonomadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak 
trixonomadasiga tashxis qo’yish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib, 
vegetativ shakllari aniqlanadi. 
Qin trixonomadasi hamma joyda tarqalgan. Ular erkak va ayollarning siydik 
yo’llarida uchraydi. Kasallanish ayollarda 20-40%, erkaklarda esa 15% ni tashqil 
qiladi. 
Qin trixomonadasi shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida va 
jinsiy aloqa vaqtida o’tadi. Tashxis qo’yish uchun bemorning siydik va jinsiy 
yo’llaridan surtma olinib, mikroskop ostida tekshiriladi. 
Og’iz trixonomadasining patogenlik xususiyati aniqlanmagan, lekin og’iz 
bo’shlig’i va tish kasalliklari (gingvit,paradontoz, tish kariesi bilan kasallangan 
bemorlar) odamlarda ko’proq uchrab turadi. SHuning uchun stomatologiya 
korxonalarida og’iz trixomonadasini aniqlash usullariga aloxida e’tibor berish lozim. 


15 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling