P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Trypanosoma cruzi keng tarqalgan. Morfologik jixatdan Afrika uyqu kasalligining 


10 
chaqiruvchisidan farq qilmaydi. Lekin, Trypanosoma cruzi joylashish joyiga qarab 
shakli har xil bo’ladi. Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripanosoma xivchinsiz, 
intensiv ravishda ko’payib psevdosistalar xosil qiladi. Parazitlar kasallik tarqatuvchi 
organizmida va sun’iy usulda o’stirilganda xivchinli shaklda bo’ladi.
Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so’radigan Triatoma infestans 
qandalasidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun 
davomida taraqqiy etadi. Parazitlarni o’ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri 
davomida (2 yil umr ko’radi) o’zida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun xavfli 
hisoblanadi. 
Odatda parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlarning har xil yoriqlari, 
jaroxatlar orqali faol yo’l bilan o’tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi 
uxlab yotganida xujum qilib, lab, ko’z va burunning shilimshiq qatlamlaridan qon 
so’rib oziqlanadi. Ovqatlangan joyiga ko’pincha tripanosomalar bilan ifloslangan 
axlatini chiqazadi va shikastlangan teri orqali tripanosomalar juda osonlik bilan 
odamga o’tadi. Ular teri va shilimshiq pardalarning hujayralarida bir-ikki xafta 
yashab, ko’paya boshlaydi. So’ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon 
tomirlarga o’tadi va butun organizmga tarqaladi. SHu davrda odamning tana harorati 
ko’tariladi, parazitlar yurak, nerv, xazm sistemasi va retukulo-endotelial organlarning 
hujayralariga o’tib, u erda yashab qoladi. Kasallikning belgilariga tana haroratining 
ko’tarilishi, jigar va taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar 
kiradi. Keyinchalik ularga meningo-ensefalit va miokardit qo’shilishi mumkin. Besh 
yoshgacha bo’lgan bolalarda chagas kasalligi juda og’ir o’tib, o’limga olib kelishi 
mumkin. Ayrim ma’lumotlar bo’yicha 14% gacha bemorlar ushbu kasallikdan o’ladi. 
Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yuqadi (tug’ma ham bo’lishi 
mumkin). Chagas kasalligi ko’pincha qishloqlarda ko’p tarqalgandir. Ayniqsa 
sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinmagan xonadonlarda, chang, iflos joylarda 
triatom qandalalarning lichinkalari ko’rinmasdan bemalol rivojlanadi.
Tripanosomalarning bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida parazitlik qilib, 
og’ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qoramollarda 
parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei nagana kasalligini qo’zg’atadi. Nagana 
kasalligining tarqatuvchisi so’nalardir. qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekistonda va 
Ural viloyati cho’llarida tuyalar, otlar va eshaklarda Trypanosoma evansi parazitlik 
qilib, og’ir "suv og’rig’i" kasalini keltirib chiqaradi. Bu parazitning ham tarqatuvchisi 
so’nalar hisoblanadi. Otlarda Trypanosoma equiperdum turi parazitlik qilib, kuyukish 
(qochirish) kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan ikkinchisiga 
jinsiy aloqa orqali o’tadi. 
Tripanosomalarning ayrim turlari o’simlik to’qimalarida ham parazitlik qilishi 
mumkin. Masalan, leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikada kofe daraxti 
bargi to’qimalarida parazitlik qilib, bargning sarg’ayib to’kilishiga, ba’zan qurib 
qolishiga sabab bo’ladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling