P a r a z I t o L o g I ya
XIVChINLILAR (MASTIGOPHORA)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
XIVChINLILAR (MASTIGOPHORA) sinfiga 7000 dan ortiq tur kiradi.
Asosiy qismi erkin xolda yashaydi. Xivchinlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo’linadi: o’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) va hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina). Parazitlik qilib hayot kechiradiganlari asosan hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfiga kiradi. Kinetoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin xolda yashaydi. Ko’pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning tripanosomalar (Trypanosoma) urug’iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hayvonlar qonida, orqa miya suyuqligida va boshqa organlarida parazitlik qilib og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tripanosomalarning tasmaga o’xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo’naladi. Xivchin yupqa to’lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan. Tripanosomalarning quyidagi turlari yaxshi o’rganilgan: 1).Afrika uyqu kasalligining qo’zg’atuvchisi - Trypanosoma gambiense; 2).Chagas kasalligining qo’zg’atuvchisi - Trypanosoma cruzi; 3).Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib chiqaradigan - Trypanosoma rhodesiense va boshqalar. Trypanosoma gambiense - Afrikada tarqalgan juda og’ir "uyqu kasalligi" deb atalgan xastalikni qo’zg’atuvchi parazitdir. XX asrning birinchi yarmida shu kasallikdan bir milliondan ortiq kishi xalok bo’lgan. Kasallik tana haroratining ko’tarilishi bilan boshlanadi, so’ngra asta-sekinlik bilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish va aksincha uxlay olmaslik xollari kuzatiladi. Kasallik o’z vaqtida davolanmasa o’limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o’tadi. Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qonso’rar pashshalar tarqalgan xududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so’rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo’yiga bo’linib jinssiz ko’payadi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli chagas kasalligining qo’zg’atuvchisi - Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling