P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Leyshmaniya (Leishmania) urug’ining vakillari ham tripanosomalarga 
birmuncha o’xshash tuzilgan, lekin ular odamning terisida va ichki organlarida 
parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin xosil qilmaydi, 
harakatsiz bo’ladi. Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon 
hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bo’ladi. Leyshmaniyalarning ikki turi 


11 
odamda parazitlik qiladi. Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica) yuz, qo’l va 
oyoqlar terisida parazitlik qiladi. 
Teri leyshmaniozining qo’zg’atuvchisini rus shifokori P.F.Borovskiy birinchi 
marta 1882 yilda Toshkentda aniqlagan. 
Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan. Parazit 
teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar xosil qiladi. Kasallikning bir yil va undan 
ortiqroqqa cho’ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va 3-6 oy 
davom etadigan o’tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniozi 
Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasida yomon yara yoki pashshaxo’rda nomi bilan ham 
ma’lum. 
Morfologik jixatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayra ichida-xivchinsiz 
tashuvchilarining tanasida hamda sun’iy usulda o’stirilganda xivchinli ko’rinishda 
yashaydi. 
Leyshmaniyalar hayotining xivchinli davri leptomonad davri deb ataladi. 
Visseral leyshmanioz tez-tez yoki ma’lum bir vaqtda oralab isitma chiqarish bilan 
davom etadigan og’ir kasallik hisoblanadi. Morfologik jixatdan leyshmaniyaning 
ikkala turi ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Visseral leyshmaniozning 
chaqiruvchisi odam tanasida retikulo-endotelial organlar - jigar, taloq, limfa 
tugunlari, ko’mik endoteliy hujayralari sitoplazmasida parazitlik qilib yashaydi va 
ko’payadi. Leyshmaniyalar ko’payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100-200 
tagacha etadi. Hujayra emirilgandan keyin ular limfa bilan qonga o’tib, yangi 
hujayralarga kirib oladi va ularning emirilishiga sababchi bo’ladi. Ichki leyshmanioz 
bilan og’rigan bemor sobiq ittifoq xududida birinchi marta 1909 yilda aniqlangan. 
Keyinchalik Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida bu kasallikning manbalari topilgan. 
Ichki, ya’ni visseral leyshmaniyani (Leishmania donovani) ingliz olimi Leyshman 
1903 yili shu kasallikdan o’lgan odamning talog’idan ajratib olib aniqlagan.
Leyshmanioz transmissiv kasallik bo’lib, uni qonso’rar mayda xasharotlar - 
Phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odamning 
qonini so’rganida leyshmaniyalar xasharotning xazm yo’liga o’tadi. U erda 
parazitlarning oldingi uchidan uzun xivchin o’sib chiqadi, ya’ni sodda hayvon 
xivchinli (leptomonad) ko’rinishga o’tadi. o’ziga leyshmaniozning chaqiruvchisini 
yuqtirib olgan bu xasharot sog’lom odamning qonini so’rganida parazitlarni unga 
yuqtiradi.
Umuman, leyshmanioz SHimoliy Afrika, Janubiy Evropa va Junubiy-G’arbiy 
Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. O’zbekistonning janubiy 
tumanlarida ham bu kasallik tarqalgan. 
Teri leyshmaniozining tabiiy manbai kemiruvchi hayvonlar (qum kalamushlari 
va yumronqoziqlar) va itlardir, ya’ni bu hayvonlar leyshmaniyaning rezervuari 
hisoblanadi. Bu hayvonlarning quloqlari, burni va tanasining iskabtopar chaqa olishi 
mumkin bo’lgan boshqa joylarida yaralar xosil bo’ladi. Kemiruvchilarning inlarida 
iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi, kechga tomon hayvonlarning qonini 
so’radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi. Visseral leyshmaniozning asosan 2 shakli 
ajratiladi: xind kala-azari hamda o’rta er dengizi visseral leyshmaniozi. Xind kala-
azarida terining rangi qoramtir, ba’zan tim qora bo’ladi. 


12 
Ayrim olimlarning fikriga ko’ra bunday hodisa buyrak usti bezlari 
faoliyatining susayishi tufayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po’st 
qismidagi makrofaglarida ham uchraydi. 
O’rta Yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, 
mumsimon bo’lib qoladi. Bemorning jigar va talog’i kattalashib, kamqonlik hamda 
leykopeniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. 
Jigari va talog’i shishib, bemor xalok bo’lishi mumkin. Kala-azar qo’zg’atuvchisi 
Janubiy va SHimoliy Osiyoda, Italiyada, Turkmanistonning ayrim xududlarida 
uchraydi. 
Professor N.I.Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it-
flebotomus-odam ekanligini aniqlagan. 
Akademik E.N.Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o’rtasida bo’g’imoyoqlilar 
yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb 
ataydi.
Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko’proq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan 
keyin muntazam immunitet xosil bo’ladi. SHuning uchun har bir kishi leyshmanioz 
bilan faqat bir marta kasallanadi. 
Kasallikni aniqlash uchun to’sh suyagi ko’migi mikroskop ostida qaralib, 
hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo’qligi aniqlanadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling