Kislorod ham makroelementlardan biri bo ‘lib, organizmda 65% ni tashkil etadi. U uglevodlar, oqsillar, barcha organlar, biologik suyuqliklar va boshqalar takribida bo‘ladi. Kislorodga boy bo‘lgan keng tarqalgan modda suv hisoblanadi. Suv faqat hayotiy jarayonlar kechadigan muhitgina emas, balki kimyoviy, biologik jarayonlarda ham faol ishtirok etuvchi moddadir. Kislorod karbonat kislota bilan birgalikda nafas olish va qon tomir harakati markazlarini ishga soladi. U g‘ovvoslik, o ‘t o ‘chiruvchilik va tog‘-kon qurilmalarida (nafas olish uchun) va tibbiyotda keng qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |