Fosfor azot kabi organizm uchun muhim element hisoblanadi. Organizmga o'simliklar orqali tushadi. Odam organizmida fosfor 1,16% ni tashkil etib, uning 86%i qiyin eruvchi kalsiy fosfat ko‘rinishida suyak va tishlarda boiadi. Fosforning bir qismi yumshoq to‘qimalar tarkibiga kiradi. Fosfat kislota yuqori energetik birikmalar hosil boiishida asosiy rol o‘ynaydi (masalan ATF, uglevod almashinuvida ham), DNK, R N K tarkibiga kiradi, fosfolipidlar, bufer sistemalar tarkibiga kiradi. Bir sutkada organizm 2,94 g fosfor talab qiladi. Uning katta qismi sut, go ‘sht, parranda, baliq, non, sabzavotlar orqali organizmga tushadi. Bu mahsulotlardagi fosforning 70%i organizmga so‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |