Xlor- makroelement bo‘lib, faol metalloid, sariq tusli o ‘tkir hidli gaz. U nafas olish yo ‘llariga ta’sir etadi, yo‘tal va qizib achishish, hatto, bo‘g‘ilishgacha olib keladi. Shuning uchun uning havodagi miqdori 0,001mg/l dan oshmasligi zarur. Hujayraning tashqi suyuqligida bo‘ladi va xlorid kislota hosil qilishda ishtirok etadi. Me’da shirasining 0,4-0,5% ini tashkil etadi, u oqsillarning gidrolizini tezlashtiradi, protolitik fermentlaming faolligini oshiradi, bakteriotsid xususiyatga ega. Odam organizmida, taxminan, 0,25% xlor ioni mavjud. Bu ionlar hujayra membranalarining elektr o‘tkazuvchanligiga ta’sir etadi, qon bufer sistemasining hosil bo‘lishida, suv-tuz almashinuvida qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |