Uglerod - organizmdagi barcha organik birikmalarning asosidir. U organizmga ozuqa mahsulotlari bilan tushadi, shuningdek, ichimlik suvi bilan karbonatlar va bikarbonatlar ko‘rinishida o ‘tadi. 90%i organizmdan nafas chiqarish orqali chiqib ketadi. U asosiy makrobiogen elementlardan biridir. Organizmdagi miqdori 20,2% ni tashkil etadi. Uning 52%i oqsillar tarkibida boiadi, 37%i D N K va RNK, fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibida boiadi. 0 ‘pkaga uzoq vaqt ko‘mir changi kirsa, antrakoz kasalligi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |