Yod - tabiatda natriy va kaliy yodidlar ko'rinishida uchraydi. Yod modda almashinuvida muhim vazifalarni bajaradi. U, asosan, qalqonsimon bezda (15 mg) to‘planadi. Piyoz va dengiz balig‘i tarkibida uchraydi. Yod tiroksin va triyodtironin gormonlarining asosiy tarkibini tashkil etadi. Yod organizmda ortib ketsa, qalqonsimon bez faoliyati buziladi, u gormonlar ishlab chiqarilishini keskin kamaytiradi. Molekular yod mikrobga qarshi ta’sirga ega, uning eritmalari bilan yaralarga ishlov beriladi. Tibbiyotda yodning 5-10% li spirtli eritmasi mikroblarga qarshi kurashda qo‘llanadi. Yod organizmga so'rilib, modda almashinuviga faol ta’ sir ko‘rsatadi, dissimilatsiya jarayonini tezlashtiradi, tiroksin sintezida ishtirok etib, qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilaydi. Organizmning unga sutkalik ehtiyoji 0,1 mg ni tashkil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |