Aluminiy (Al). Aluminiy odamning organ va to‘qimalari tarkibiy qismiga kiradi. Havodagi miqdori 0,5 mg/dm3 dan oshmasligi kerak. Aks holda, u biologik faol moddalar metabolizmini buzadi. Aluminiy ichakda fosfatlar bilan birikib, to ‘qimalardagi m odda alrnashinuvining buzilishiga sabab bo'ladi. Organizmda uning miqdori ortib ketishi suyaklarda raxit kasalligini keltirib chiqaradi. U bosh miya, o‘pka, jigar, taloq, buyrak va suyaklarda ko‘p miqdorda to‘planadi. Aluminiy to‘qima oqsillari bilan barqaror birikma hosil qilib, modda almashinuvini buzadi. Aluminiy fermentlar faolligini susaytiradi. Kompleks hosil qilish xususiyatiga ko‘ra gemoglobin sintezini to ‘xtatadi, qon hosil bo'lishidagi fermentlar faoliyatini susaytiradi. Aluminiy magniy ionlariga antagonist bo'lib, ribosomalarning makro tuzilishini buzadi va nuklein kislotalar sinteziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda, saraton kasalligi rivojlanadi. Aluminiyning organizmda ko‘payishi neyrotoksik zaharlanishni keltirib chiqaradi. Uning dorivor preparatlari bogiovchi va dezinfeksiyalovchi xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |