P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Eng muhim foydali qazilmalarning jahon bo‘yicha aniqlangan zaxiralari


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130
Eng muhim foydali qazilmalarning jahon bo‘yicha aniqlangan zaxiralari
va qazib olinishi (2016-y.)
Foydali qazil-
ma turlari
O‘lchov birligi
Aniqlangan 
zaxiralari
Yillik qazib 
olinishi
Ko‘mir 
Neft
Tabiiy gaz 
Temir rudasi
mlrd.t
mlrd.t
trln. m
3
mlrd.t
861,5
191,3
180
160
7,3
4,3
3,6
2,1
Jahon bo‘yicha 600 ga yaqin neft va gaz havzalari aniqlangan. Neft 
va gaz konlarining ham asosiy qismi sayyoramizning shimoliy yarim sha-
rida joylashgan. Eng yirik neft-gaz zaxiralari Fors qo‘ltig‘i davlatlari,
Venesuela, Shimoliy Amerika (AQSH, Kanada, Meksika), Rossiya (asosan, 
G‘arbiy Sibir), Kasbiybo‘yi mamlakatlari, Shimoliy Afrika (ayniqsa, Liviya 
va Jazoir), Gvineya qo‘ltig‘i mamlakatlari (ayniqsa, Nigeriya) hamda Xi-
toyda joylashgan.
Jahon iqtisodiyotida rudali (metall) qazilma resurslarining ahamiyati 
nihoyatda kattadir. Yer yuzida rudali mineral resurslarga boy mintaqa-
lar, masalan, Alp-Himolay, Tinch okeanbo‘yi mintaqalari mavjud. Bunday 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


16
mintaqalar sanoat uchun muhim xomashyo bazasi bo‘lib xizmat qiladi 
va ayrim davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Xitoy, Rossiya, 
AQSH, Kanada, Avstraliya, Braziliya, JAR, Qozog‘iston, Hindiston, Chili, 
Peru jahonda qora va rangli metall xomashyolariga eng boy mamlakatlar 
hisoblanadi.
Noruda mineral boyliklardan eng muhimlari osh tuzi, kaliy tuzlari, 
fosforit, oltingugurt, olmos, qurilish materiallari hisoblanadi. Ularning 
konlari qadimiy platformalarda, burmali tog‘larda, sho‘r ko‘llarning botiq-
larida ko‘p uchraydi. Turli mineral tuzlarning zaxiralari bo‘yicha dunyoda 
Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston, Boliviya, Belarus, Avstraliya singari 
mamlakatlar yetakchilik qiladi. Olmosning katta zaxiralariga ega bo‘lgan 
davlatlar esa Rossiya, Avstraliya, Botsvana, JAR, Kongo Demokratik Res-
publikasi, Kanada, Angola va boshqalardir.
Tabiiy mineral resurslarning shu vaqtgacha, asosan, iqtisodiy-texnik 
jihatdan qulay joylashuv va sharoitga ega konlari o‘zlashtirib kelindi. Yan-
gi mineral konlarni izlash ishlari so‘nggi davrlarda, asosan, Rossiyaning 
shimoliy va sharqiy hududlari, AQSHning g‘arbiy tog‘li qismi va Alyas-
ka, Kanadaning shimoli, Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrikaning kam 
o‘zlashtirilgan cho‘l, tog‘li va o‘rmonli o‘lkalarida faol olib borilmoqda. 
Ammo yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardan qazib olinadigan mineral 
xomashyoning tannarxi ancha qimmatdir. Shu bois, insoniyatning mineral 
resurslardan oqilona foydalanish borasidagi eng muhim vazifalaridan biri 
bu tabiiy ne’matlarni tejab ishlatish yo‘llarini topishdan iborat.
1. Qaysi mineral resurslar eng ko‘p ishlatiladi?
2. Neft va tabiiy gaz zaxiralarining asosiy qismi qaysi hududlarga to‘g‘ri keladi?
3. Mineral resurslarning yoqilg‘i-energetika, rudali va noruda turlariga boy 
bo‘lgan davlatlarni aniqlang.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


17

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling