P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   130
demografik inqiroz yoxud depopulyatsiya (tug‘ilishning o‘limga 
nisbatan pastligi
) yuz bermoqda. Bu holatni hozirgi kunda Yevropaning 
turli davlatlarida (masalan, Germaniya, Ukraina, Serbiya va b.) kuzatish 
mumkin.
4-jadval
Tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish koeffitsiyentlari (1000 kishiga
nisbatan, 2018-yilgi ma’lumotlar)
Hudud
Tug‘i-
lish 
koeff.
O‘lim 
koeff.
Tabiiy 
o‘sish 
koeff.
Go‘daklar 
o‘limi
koeff. 
(har 1000 
go‘dakka 
nisbatan)
O‘rtacha umr 
davri
erkaklar
ayollar
Jahon
19
7
12
31
70
74
Afrika
35
9
26
50
61
64
Amerika
15
7
8
13
74
80
Osiyo
17
7
10
26
71
74
Yevropa
10
11
-1
4
75
82
Avstraliya va
Okeaniya
17
7
10
21
76
80
Mintaqalar aholisi sonining davriy o‘zgarishi birinchi navbatda unda 
yuz berayotgan tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari nisbati asosida shaklla-
nuvchi tabiiy ko‘payish darajasi bilan bog‘liq. 4-jadval ma’lumotlaridan 
turli qit‘alarda aholi takror barpo bo‘lishining miqdoriy ko‘rsatkichlari 
turlicha ekanligi ko‘rinib turibdi. Afrikada aholi tabiiy o‘sish koeffi -
tsiyenti jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori, qolgan qit’alarda esa bu 
ko‘rsatkich pastroq darajaga ega. 
Davlatlarda aholining tabiiy o‘sishi yuqori darajada saqlanishiga ijti-
moiy-iqtisodiy va madaniy omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Shaharlashuv 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


27
jarayoni, ayollarning ma’lumotlilik va ijtimoiy mehnatda bandlik dara-
jasining yuqoriligi, turmush darajasining yuksalishi va kishilar moddiy 
ehtiyojlarining kengayishi jahonning bir qator davlatlarida tug‘ilish va aho-
lining tabiiy o‘sish koeffitsiyentining past bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmoqda 
(7-rasm). 
Bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar o‘limi va o‘rtacha umr ko‘rish da-
rajasi ko‘rsatkichlari ham davlatlarning iqtisodiy rivojlanganlik holati, 
tibbiy xizmatning rivojlanishi, aholi turmush darajasi bilan chambarchas 
bog‘liqdir.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling