P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
3-BOB. JAHON AHOLISI 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


25
turli mintaqalarga tomon yurishi – ilk migratsiyalar natijasida u yerlar 
aholi tomonidan o‘zlashtirila boshlangan. Uzoq davrlar davomida insoni-
yatning asosiy qismi Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alarida istiqomat qilgan 
edi. Buyuk geografik kashfiyotlar ko‘p sonli aholining yangi topilgan 
yerlarga ko‘chib o‘tishiga sababchi bo‘ldi va uning natijasida qit’alar 
o‘rtasida aholi sonining qayta taqsimlanishi yuz berdi. 
Moddiy va sanitar-gigiyenik shart-sharoitlarning og‘irligi, tez-tez tak-
rorlanib turgan ocharchilik, kasalliklar epidemiyalari ta’sirida uzoq tarixiy 
davrlar davomida jahon aholisining o‘lim darajasi yuqori, tabiiy ko‘payish 
darajasi esa past bo‘lgan.
XIX asrda Yevropa va Amerikada ro‘y bergan sanoat inqilobi, tibbiy 
xizmatning rivojlanishi natijasida bu qit’alardagi aholining o‘rtacha umr 
ko‘rishi va tabiiy ko‘payish darajasi ortdi.
6-rasm.
Jahon mintaqalari aholi soni dinamikasi.
Jahon aholisi soni XX asr davomida 1,6 mlrd. kishidan 6,1 mlrd. 
kishigacha yetgan bo‘lib, uning eng yuqori sur’atlari 1960-yillardan ke-
yingi davrlarga to‘g‘ri keladi. Bu holat Ikkinchi Jahon urushidan keyingi 
davrlarda Osiyo, Afrika va Okeaniya davlatlarining siyosiy mustaqillikka 
erishuvi, ularga BMT tomonidan insonparvarlik yordamlarining berilishi 
natijasida aholi orasida o‘lim darajasining pasayishi hamda aholi sonining 
tez sur’atlarda o‘sishi hisobiga yuzaga kelgan. Natijada 1960–1980-yil-
larda jahonda 
«demo grafik portlash» (o‘lim darajasi pasayishi tufayli 
aholi sonining tez sur’atlar bilan ko‘payishi
) jarayoni yuz berdi (6-rasm).
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


26
So‘nggi yillarda aholishunos olimlar «demografik portlash»ga nisba-
tan deyarli nihoyasiga yetib borayotgan jarayon sifatida baho berayotgan 
bo‘lsalar-da, Afrika va Osiyoning bir qator davlatlarida aholining yillik 
tabiiy ko‘payish darajasi hali ham yuqori darajada kuzatilmoqda. Shu 
bilan birga jahonning rivojlangan davlatlarida tabiiy ko‘payishning manfiy 
holati – 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling