P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
Ekologik muammo tabiatdan nooqilona foydalanish natijasida tabiiy 
muhit sifatining yomonlashishidir. Ekologik muammolar hududiy ko‘lami 
jihatidan 3 pog‘onaga bo‘linadi:
– global (sayyoraviy);
– regional (mintaqaviy);
– lokal (mahalliy).
Global
ekologik muammolar butun geografik qobiqning holatiga ta’sir 
ko‘rsatadi va ularni yechish borasida jahondagi barcha davlatlarning hara-
katlarini birlashtirish lozim. Regional ekologik muammolarning oqibatlari 
bitta yoki bir nechta qo‘shni davlatlar hududida seziladi. Lokal ekologik 
muammolar esa kichik ko‘lamdagi hududlar doirasida ro‘y beradi. Quyida 
hozirgi davrning eng dolzarb global ekologik muammolaridan ba’zilari 
haqida ma’lumotlar keltirilgan.
«Issiqxona samarasi» muammosi. 
Atmosfera elektr energetika, metallur-
giya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kos-
mik kemalarni uchirish hamda yong‘inlar tufayli kuchli ifloslanmoqda. 
Har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosfe-
raga chiqarib yuborilmoqda. Atmosfera tarkibida, ayniqsa, is gazi (CO), 
karbonat angidrid (CO
2
) oltingugurt oksidlari (SO
2
, SO
3
), azot dioksidi 
(NO) salmog‘ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. Atmosferadagi bu gazlar miqdorining ortishi natijasida Qu-
yoshning isitish rejimi buzila boshladi. Yuqorida sanab o‘tilgan gazsimon 
moddalarning atmosferadagi zarrachalari yer sirtiga kelayotgan nurlanish-
ni o‘tkaza turib, undan qaytayotgan issiqlik radiatsiyasini atmosferaning 
pastki qatlamlaridan yuqoriga yaxshi o‘tkazmaydi. Bu jarayon atmosfera 
pastki qatlamining o‘rtacha yillik harorati asta-sekin ko‘tarilishiga, ya’ni 
global iqlim sharoitining o‘zgarishiga olib kelmoqda. O‘z navbatida bu 
holat, say yoramiz qutblari va baland tog‘laridagi ko‘p yillik muzliklar 
maydonining qisqarishiga olib kelmoqda. 
Bu muammoni bartaraf qilish uchun jahondagi barcha davlatlar «is-
siqxona» gazlarining atmosferaga chiqarilishini kamaytirishlari lozim. 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


22
Yaponiyaning Kioto shahrida 1997-yilda bir 
nechta rivojlangan hamda o‘tish iqtisodiyo-
tidagi davlatlar maxsus shartnoma («Kioto 
protokoli»)ni imzolab, bu borada aniq maj-
buriyatlarni o‘z zimmalariga olgan.
Ozon qatlamining yemirilishi muammosi. 
Atmosferaning ifloslanishi insoniyat oldiga 
yana bir murakkab muammoni qo‘ymoqda. 
Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikma-
lar (freonlar)ning ko‘p chiqarib yuborilishi 
natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisob-
langan ozon qatlamining tobora yupqalashib 
borishi kuzatilmoqda. «Ozon tuynugi» deb 
nomlangan ana shu holat, dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash 
hududlari, so‘nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida 
ham kuzatila boshlandi (5-rasm). 
Kanadaning Monreal shahrida 1987-yilda bir nechta davlatlar fre-
on gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar 
to‘g‘risidagi xalqaro bitimni imzolagan. Bugungi kunga kelib, bu bitimga 
jahondagi aksariyat mamlakatlar qo‘shilgan. Mutaxassislarning fikricha, 
agar Monreal bitimi qat’iy ravishda bajariladigan bo‘lsa, ozon qatlamining 
me’yordagi qalinligi 2050-yilga kelib qayta tiklanadi.
Cho‘llashish muammosi.
Cho‘llashish deb, cho‘llik xususiyatlari xos 
bo‘lgan hududlar maydonining kengayib borish jarayoniga aytiladi. Uning 
asosiy sabablari daraxt va butalarning kesilishi, chorva-mollarining tar-
tibsiz boqilishi, suv resurslaridan nooqilona foydalanilishi hisoblanadi. 
Cho‘llashish o‘nlab davlatlardagi eng unumdor yerlarni o‘z domiga tort-
moqda. Cho‘llashish, ayniqsa, Afrika, Janubi-g‘arbiy, Markaziy va Janu-
biy Osiyo davlatlariga katta xavf-xatar tug‘dirmoqda. Quruqlik umumiy 
maydonining 40 % qismida cho‘llashish belgilari kuzatilmoqda. Yer yu-
zasining tegishli qismida 2 milliard kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi.
1994-yilda BMT cho‘llashishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Xalqaro 
konvensiyani qabul qildi. 1995-yildan boshlab har yili 17-iyunda Butun-
jahon cho‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni nishonlanadi. 
2010–2020-yillar oralig‘i BMT tomonidan «Cho‘llar va cho‘llashishga 
qarshi kurashishga bag‘ishlangan o‘n yillik» deb e’lon qilingan.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling