P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
10-§. Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi
Etnos, qabila, elat, millat, til oilalari va guruhlari, xalqaro so‘zlashuv 
tillari, din, sodda din, mahalliy din, buddizm, xristianlik, islom dini.
Aholining etnik tarkibi
hududlarda yashovchi etnoslar (yunoncha etnos – 
«xalq») salmog‘idir. Etnoslar insonlarning tarixan shakllangan, yashash 
hududi, madaniyati, turmush tarzi bilan o‘zaro farq qiluvchi ijtimoiy gu-
ruhlar hisoblanadi. Ularning qabila, elat hamda millat ko‘rinishlari mavjud.
Qabila
kishilarning eng qadimiy oddiy ijtimoiy uyushmalari hisoblana-
di. Ular hozirgi kunda, asosan, Amazoniya, Okeaniya, Afrikaning markaziy 
hududlarida saqlanib qolgan. Elat esa qabila va millat orasidagi etnik 
birlik bo‘lib, kam sonli etnoslardan iboratdir. Elatlar, asosan, Osiyo va 
Afrika davlatlarida mavjud. 
Yagona tili, hududi, madaniyati, mentaliteti va milliy o‘zligini anglash 
xususiyatlari yuqori darajada shakllangan, ko‘pchilik holatlarda o‘z siyosiy 
davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan yirik etnoslar millat deb ataladi. 
Dunyo millatlari orasida vakillarining soni 100 mln. kishidan ortiq bo‘lgan
12 ta (5-jadval), 50–100 mln. kishi bo‘lgan 12 ta, 25–50 mln. kishi 
bo‘lgan 17 ta millat mavjud. 
Jahon davlatlari milliy tarkib xususiyatiga ko‘ra, bir millatli (masalan, 
Yaponiya, Islandiya, Norvegiya), bir millatning boshqalariga nisbatan katta 
salmoqqa ega bo‘lgan (masalan, AQSH, Fransiya, Turkiya), ikki millatli 
(masalan, Kanada, Belgiya), kelib chiqishi bir-biriga yaqin millatlardan 
iborat (masalan, Afg‘oniston, Pokiston), ko‘p millatli (masalan, Hindiston, 
Indoneziya) davlatlar guruhlariga ajratiladi. 
Etnos madaniyatining o‘zagi til hisoblanadi. Jahondagi etnoslar tillari-
ning o‘xshashligi va qardoshligidan kelib chiqib, 20 dan ortiq til oilalariga 
birlashtiriladi. Ular orasida hind-yevropa til oilasiga mansub xalqlar soniga 
ko‘ra yetakchilik qiladi. Jahon aholisining deyarli 1/2 qismi ushbu oila 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


33
tarkibiga kiruvchi tillarda so‘zlashadi. O‘zbeklar oltoy tillar oilasining 
turkiy guruhiga mansub millat hisoblanadi. 
5-jadval

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling