P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
Mahalliy dinlar
E’tiqod qiluvchilarning asosiy qismi tarqalgan 
mintaqalar
1
Induizm
Hindiston, Nepal, Shri-Lanka
2
Sikxizm
Hindiston (Panjob shtati)
3
Konfutsiylik
Xitoy
4
Sintoizm
Yaponiya
5
Iudaizm (yahudiylik)
Isroil, AQSH
Jahonning bir qancha davlatlarida tarqalgan, e’tiqod qiluvchilar soni 
ko‘p bo‘lgan uchta dunyoviy din mavjud. Bular buddizm, xristianlik, islom 
dinlaridir. E’tiqodchilar soniga ko‘ra (2 mlrd. 400 mln. kishidan ortiq) 
katoliklik, protestantlik va pravoslavlik mazhablariga ajraladigan xristi-
anlik yetakchilik qiladi. Bu din vakillari jahonning barcha mintaqalarida 
tarqalgan.
7-jadval
Dunyoviy dinlarning tarqalish mintaqalari

Dunyoviy dinlar
E’tiqod qiluvchilarning asosiy qismi tarqalgan 
mintaqalar
1
Buddizm
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo
2
Xristianlik
Yevropa, Shimoliy Osiyo, Amerika, Avstraliya, Tropik 
Afrika
3
shundan:
katolik
G‘arbiy va Janubiy Yevropa, Janubiy Amerika, Tropik 
Afrika
4
protestantlik
Shimoliy Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliya
5
pravoslav
Sharqiy va Janubiy Yevropa, Shimoliy Osiyo
6
Islom
Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va Markaziy 
Osiyo, Shimoliy Afrika
7
shundan:
sunniylar
Ko‘pchilik musulmon davlatlar
8
shialar
Eron, Ozarbayjon, Iroq, Bahrayn
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


35
Paydo bo‘lish davriga ko‘ra dunyoviy dinlar orasida eng yoshi hisob-
langan islom dini 1 mlrd 600 mln.dan ortiq e’tiqodchilarga egadir. 50 ta 
davlat uchun davlat dini hisoblangan islom dini, asosan, Shimoliy Afrika, 
Janubi-g‘arbiy, Markaziy, Janubiy, Janubi-sharqiy Osiyo hududlarida keng 
tarqalgan. Uning sunniylik va shialik mazhablari mavjud.
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoda (Xitoy, Yaponiya, Mongoliya va 
boshqalar) asosiy e’tiqod manbayi bo‘lgan buddizm dini 700 mln.dan 
ortiq e’tiqodchilarga ega. Uning maxayana, xinayana, lamaizm kabi maz-
hablari bor. 
1. Umumiy soni 100 mln.dan oshgan millatlarning hududiy tarqalish xusu-
siyatlarini aniqlang.
2. Dinlar geografik tarqalishida hududiy farqlar kelib chiqishiga qanday omillar 
ta’sir ko‘rsatgan?
3. Hozirgi kunda sodda dinlar saqlanib qolgan hududlarni xaritadan ko‘rsating.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling