P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. J ahon aholisining jinsiy, yosh, irqiy tarkibi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
9-§. J
ahon aholisining jinsiy, yosh, irqiy tarkibi
Erkaklar, ayollar, bolalar, kattalar, keksalar, irq, yevropeoid, mongoloid
negroid, avstroloid, metis, mulat, sambo.
Aholi tabiiy o‘sish sur‘atlari aholining yosh-jins tarkibiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Aholi yosh tarkibiga ko‘ra bolalar (0–14 yosh), mehnat yoshi-
dagilar (15–64 yosh) hamda keksalar (65 yosh va undan yuqori) guruh-
lariga ajratiladi. Yosh guruhlari orasidagi nisbat o‘tgan tarixiy davrlar 
davomida o‘zgarib kelgan. Uzoq davrlar davomida jahon aholisi yosh 
tarkibida keksalar salmog‘i juda past bo‘lib, XX asrga kelib yildan yil-
ga ushbu guruh vakillari ulushi orta boshladi. Bunga, birinchi navbatda, 
tibbiy xizmatning rivojlanishi, aholi turmush darajasining o‘sishi sabab 
bo‘ldi. Hozirgi davrda jahon mintaqalari aholisining yosh tarkibi turlicha 
(8-rasm).
Tabiiy o‘sish yuqori bo‘lgan Afrika va Osiyo aholisi yosh tarkibida 
bolalar salmog‘i qariyalarnikiga nisbatan ancha yuqoriligi ko‘zga tashlan-
sa, demografik inqiroz kuzatilayotgan Yevropa davlatlarida bu holatning 
teskarisiga guvoh bo‘lish mumkin. Bolalar salmog‘ining yuqoriligi bilan 
Niger (50 %), Mali (48 %), Uganda (48 %) kabi Afrika davlatlari ajralib 
turadi. Bu boradagi eng past ko‘rsatkichlar esa Yaponiya (12 %), Germa-
niya (13 %), Italiya (13 %), Gretsiya (14 %) davlatlarida qayd qilingan.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


29
8-rasm. Jahon mintaqalari aholisining yosh tarkibi (%, 2018-y.).
Aholining jinsiy tarkibiga e’tibor qaratsak, jahonda ayollar va erkaklar 
salmog‘i deyarli teng, ammo ayollar hamda erkaklar salmog‘i yuqori-
roq bo‘lgan davlatlar mavjud. Jahon aholisining jinsiy tarkibida erkaklar 
salmog‘i 50,5 %, ayollarniki esa 49,5 % ga teng (2018-y.). Afrika, Janu-
biy Amerika, Avstraliya va Okeaniya qit’alarida jinslar salmog‘i deyarli 
bir-biriga teng bo‘lsa, Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida ayol-
lar salmog‘i birmuncha ortiq. Osiyo qit’asi davlatlarining ko‘pchiligida, 
ayniqsa, Sharqiy, Janubiy va Janubi-g‘arbiy Osiyoda erkaklar salmog‘i 
ayollarnikiga qaraganda yuqori. Bunga asosan ushbu mintaqalarda ayollar 
ijtimoiy mavqeyining pastligi sababdir. Fors qo‘ltig‘i mintaqasidagi arab 
davlatlarida esa erkaklarning ustunligiga ishchi kuchining tashqi migrat-
siyasi ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Aholining yoshi va jinsiy tarkibini tahlil qilishda yosh-jins piramida-
sidan foydalaniladi. Unda ma’lum bir hudud aholisi soni yosh guruhlari 
kesimida hamda jinsiy nisbatda qanday salmoqdaligini ko‘rish mumkin. 
Rivojlangan davlatlarda aholi orasida yildan yilga tabiiy o‘sish darajasi-
ning pasayishi oqibatida bolalar salmog‘i kamayib, o‘rta va keksa yosh-
dagilar salmog‘i ortib bormoqda. Rivojlanayotgan davlatlarning aksariya-
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


30
tida esa tabiiy o‘sishning yuqoriligi yosh-jins piramidasi quyi qismining 
salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. Bu davlatlarda erkaklar salmog‘ining 
ortiqligi ham ko‘zga tashlanadi (9-rasm).

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling