P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
Davlatlar
Jami aho-
lisi, mln. 
kishi
Shahar 
aholisi, mln. 
kishi
Qishloq 
aholisi, mln. 
kishi
Urbanizatsiya 
darajasi, %
Turkiya
81,3
61
...
...
Uganda
...
10,6
...
24
Shvetsiya
...
8,8
1,4
...
Panama
...
...
1,3
69
3. Quyidagi ibodat maskanlari ramzlari qaysi dinga tegishli ekanligini 
aniqlang.
 
I
II
 III
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


40
13-§. Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti
Jahon xo‘jaligi, xalqaro mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, jahon iqtisodi-
yoti tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, nomoddiy ishlab 
chiqarish tarmoqlari.
Jahon xo‘jaligi (iqtisodiyoti) turli ko‘rinishdagi savdo-iqtisodiy aloqa-
lar bilan o‘zaro bog‘langan barcha mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlari 
majmuyi hisoblanadi. 
Milliy xo‘jaliklar umumlashgan holda jahon xo‘jaligi sifatida faoliyat 
ko‘rsata boshlagan davr XV–XVI asrlar, ya’ni Buyuk geografik kashfi-
yotlar davri bilan bog‘liq. Aynan ushbu davrda qimmatbaho metall va 
toshlar, ziravorlar, qullar bilan xalqaro savdo tez rivojlanib bordi.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishi ishlab chiqarish tarmoqlarining taraq-
qiyoti bilan bog‘liq. Ma’lumki, jahon iqtisodiyoti uchun XVIII asrgacha 
bo‘lgan davrda qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq bo‘lgan. Shu bilan birga 
hunarmandchilik sohasi ham ma’lum darajada rivojlangan edi. 
Yevropada yuz bergan sanoat inqilobi sanoat ishlab chiqarishining ri-
vojlanishi uchun zamin yaratdi. XVIII asr oxirida J.Uatt tomonidan bug‘ 
mashinasining ixtiro qilinishi turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik 
sanoat korxonalarining ishga tushirilishiga yordam berdi. 
1960-yillarga kelib ishlab chiqarish tarmoqlarida avtomatlashtirish ja-
rayoni boshlandi. Bu holat, o‘z navbatida, nomoddiy ishlab chiqarish tar-
moqlarining rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Natijada jahon iqtisodiyotida 
xizmat ko‘rsatish tarmoqlari katta ahamiyatga ega bo‘la boshladi.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishida uning asosiy sohalari katta ahamiyat-
ga ega. Ular odatda uchta sektorga ajratiladi. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, 
baliqchilik, ovchilik, shu bilan birga tog‘-kon sanoati birlamchi sektor 
tarkibiga kiradi. Bu sektor tarmoqlari, asosan, sanoat tarmoqlari uchun 
zaruriy xomashyoni tayyorlab berishga ixtisoslashgan. Ikkilamchi sektor 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling