P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130
4-BOB. JAHON XO‘JALIGI
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


41
tarmoqlari tayyor mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, aholiga xizmat 
ko‘rsatish uchlamchi sektorning asosiy vazifasi hisoblanadi (13-rasm).
Jahon 
iqtisodiyoti 
sohalari
Birlamchi 
sektor
Ikkilamchi 
sektor
Uchlamchi 
sektor
Qishloq 
xo‘jaligi
Undiruvchi 
sanoat
Baliqchilik 
va ovchilik
Qayta ishlovchi 
sanoat
Qurilish
Yo‘lovchi 
transport
Bank va 
moliya 
xizmatlari
Boshqa xizmat 
ko‘rsatish 
sohalari
13-rasm. 
Jahon iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi.
Qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining iqtisodi-
yotda tutgan o‘rniga ko‘ra davlatlarni turli guruhlarga ajratish mumkin. 
Hozirda jahon davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatiga ko‘ra ag-
rar (iqtisodiyotning tarmoq tarkibida qishloq xo‘jaligi salmog‘i yuqori), 
industrial (iqtisodiyotning tarmoq tarkibida sanoat va qurilish sohalari 
salmog‘i yuqori) va postindustrial (iqtisodiyotning tarmoq tarkibida xizmat 
ko‘rsatish, ayniqsa, intellektual soha tarmoqlari salmog‘i yuqori) tiplarga 
ajratiladi. Shu bilan birga iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi va sanoat sal-
mog‘iga ko‘ra agrar-industrial yoki industrial-agrar davlatlar ham ajrati-
ladi. Senegal agrar, Braziliya industrial, GFR postindustrial, O‘zbekiston 
industrial-agrar, Kambodja agrar-industrial davlatlarga misol bo‘la oladi.
Jahon xo‘jaligining yagona tizim sifatida rivojlanishi xalqaro mehnat 
taqsimotiga tayanadi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti deb, ayrim davlatlar 
xo‘jaligining ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va 
bu mahsulotlarni boshqa davlatlar bilan ayirboshlashiga aytiladi. Dav-
latlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rniga ularning ijtimoiy-iqti-
sodiy taraqqiyoti, iqtisodiy geografik o‘rni xususiyatlari (ayniqsa, den-
giz yo‘llariga nisbatan joylashishi), tabiiy resurslari kabi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


42
Har bir davlatda xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni eksportga mah-
sulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar shakllanadi. Masalan, Yaponiya jahon-
dagi radioelektronika, robottexnikasi mahsulotlari, avtomobil va dengiz 
kemalari eksporti bo‘yicha peshqadam bo‘lsa, Saudiya Arabistoni, BAA, 
Kuvayt kabi davlatlar yoqilg‘i xomashyosining asosiy eksportyorlari hi-
soblanadi. Peru, Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasi mis rudasi 
va tozalangan misni, Burundi va Uganda esa kofe xomashyosini jahon 
bozoriga ko‘p miqdorda olib kiradi. Aynan xalqaro ixtisoslashuv davlat-
larning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini belgilaydi.
1. Jahon xo‘jaligi deganda nima tushuniladi?
2. Xalqaro mehnat taqsimoti nima?
3. Jahon xo‘jaligi qanday sektorlarga bo‘linadi?
4. Xalqaro ixtisoslashuv tarmog‘i deganda nima tushuniladi?

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling