P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
14-§. Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya 
jarayonlari
Jahon iqtisodiyoti markazlari, ko‘p markazlilik, globallashuv, xalqaro 
iqtisodiy integratsiya, transmilliy kompaniyalar.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishi undagi muhim iqtisodiy markazlarning fa-
oliyati bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish, fan-texnika va moliyaviy resurs-
lari katta bo‘lgan, jahon xo‘jaligi va siyosatida alohida o‘rin egallagan 
davlatlar jahon iqtisodiyotining asosiy markazlari sifatida tilga olinadi. 
Shunday markazlar jahon xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishiga katta 
ta’sir ko‘rsatgan. 
XXI asrdagi jahon iqtisodiyoti o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir, u to‘liq 
ravishda bozor iqtisodiyoti tamoyillari, ishlab chiqarishning baynalminal-
lashuviga asoslanadi. Bu holat esa jahon iqtisodiyotida polisentrik – ko‘p 
markazlilik
holatining shakllanishiga olib keldi. Hozirgi kunda G‘arbiy 
Yevropa, Shimoliy Amerika bilan bir qatorda MDH davlatlari, Xitoy,
Yaponiya, Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlari, Fors ko‘rfazi dav-
latlari, Hindiston, Braziliya, Meksika kabi iqtisodiy markazlar ham jahon 
iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega. 2017-yil holatiga ko‘ra, Xalqa-
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


43
ro va lyuta fondi ma’lumotlari jahon yalpi milliy mahsulot (YMM)ning
28 %i Shimoliy Amerika (25,8 %i AQSHga tegishli), deyarli 15 %i 
G‘arbiy Yevropa, 16 %i Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelganini ko‘rsatdi
(14-rasm).
14-rasm. 
Jahon yalpi milliy mahsulot (YMM) tarkibidagi yirik iqtisodiy 
markazlarning salmog‘i (2017-y.,%).
Jahon davlatlari iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar orqali o‘zaro 
yaqinlashishi, yagona axborot muhitida rivojlanishini anglatadigan global-
lashuv
jarayoni barcha mintaqalar hamda davlatlar xo‘jaligi rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy integratsiyaning yuzaga 
kelishiga olib kelgan. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling