P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Jahon energetikasi geografiyasi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130
16-§. Jahon energetikasi geografiyasi
Yoqilg‘i-energetika balansi, ko‘mir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati, 
elektr energetika, issiqlik energetikasi, gidroenergetika, atom energetika-
si, noan’anaviy energiya resurslari.
Sanoat tarmoqlari orasida energetika alohida o‘rin egallaydi. U turli 
yoqilg‘i resurslarni (ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi slanes) qa-
zib oladigan va qayta ishlaydigan, elektr energiyasini ishlab chiqaradigan 
tarmoqlar majmuyi hisoblanadi. Energetika sanoatning muhim tarmog‘i 
bo‘lib, boshqa sohalarning rivoji uchun asos yaratib beradi. 
Neft, ko‘mir, gaz va elektr energetika sanoatlari yoqilg‘i-energetika 
majmuasining asosiy tarmoqlari bo‘lib hisoblanadi.
Neft sanoati. 
2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 4,3 mlrd. t neft 
qazib olingan bo‘lib, uning asosiy qismi Neft eksport qiluvchi mamlakatlar 
tashkiloti (OPEK)ga a’zo davlatlar ulushiga tegishli. OPEK davlatlari (Bir-
lashgan Arab Amirliklari, Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Angola, 
Gabon, Jazoir, Ekvatorial Gvineya, Kongo, Liviya, Nigeriya, Venesuela
Ekvador) hududida jahon neft zaxiralarining 2/3 qismi to‘plangan bo‘lib, 
yillik neft qazishning 1/3 qismi mazkur davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi 
(15-rasm).
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


47
15-rasm. 
OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar (2018-y.).
Davlatlar orasida, 2016-yil yakunlariga ko‘ra, neft qazib olish bo‘yicha 
Saudiya Arabistoni (583 mln. t), Rossiya (548 mln. t), AQSH (537 mln. t), 
Kanada (220 mln. t) hamda Eron (200 mln. t) yetakchilik qiladi. Mazkur 
davlatlar hissasiga umumiy qazib olingan neftning 48,3 % i to‘g‘ri keladi. 
Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Kuvayt, Iroq kabi davlatlar yirik neft 
eksportyorlari hisoblansa, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Yevropa davlatlari esa 
asosiy neft sotib oluvchi davlatlardir.
Gaz sanoati
tabiiy gaz qazib chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg‘ilar-
dan sun’iy gaz olish, gazdan kimyoviy mahsulotlar ajratishni o‘z ichiga 
oladi. Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa yoqilg‘i turlaridan bir qancha 
afzalliklarga egadir. Boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib 
olish osonligi va arzonligi, issiqlik berish quvvatining yuqoriligi, trans-
portabelligi, neft va ko‘mirga nisbatan ekologik jihatdan tozaligi kabi 
holatlar gaz konlarini izlash va ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat 
qaratili shiga sababchi bo‘ldi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning umumiy geologik zaxirasi, taxminan, 180 
trillion m

ni tashkil etadi. Yillik qazib olish hajmi 3,6 trln. m

ga teng 
(2016-y.). Gaz qazib olish bo‘yicha Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa 
mintaqalari yetakchi bo‘lsa, davlatlar orasida esa AQSH (749 mlrd. m
3
)
Rossiya (641 mlrd. m
3
), Eron (190 mlrd. m
3
), Qatar (182,8 mlrd. m
3
), 
Kanada (174 mlrd. m
3
) kabilar peshqadamlik qiladi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


48
So‘nggi yillarda gaz eksportida suyulti-
rilgan gaz bilan savdo qilish katta ahamiyat 
kasb etmoqda (16-rasm). Tabiiy gaz suyuq 
holatga o‘tkazilishi jarayonida o‘rtacha hi-
sobda 600 marotabagacha siqiladi. Bu esa 
juda katta miqdordagi gazni tashish imko-
nini beradi. Natijada maxsus gaz tashuvchi 
tankerlar yordamida uni qit’alararo eksport 
qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Jahonning 
30ga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz 
ishlab chiqariladi. Qatar, Avstraliya, Malay-
ziya kabi davlatlar ular orasida yetak chilik 
qiladi. Yaponiya, Koreya Respublikasi
Xitoy kabi davlatlar suyultirilgan gazning
asosiy iste’molchilaridir.
Ko‘mir sanoati
yoqilg‘i-energetika tarmoqlari orasida eng birinchi 
shakllangan tarmoq hisoblanadi. Bu tarmoq ko‘p mablag‘ va ishchi ku-
chi talab etuvchi soha hisoblanib, uning mahsulotlaridan elektr energeti-
ka, qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi. Hozirgi vaqt-
da qazib chiqarilayotgan ko‘mirning asosiy iste’molchisi issiqlik elektr 
stansiyalaridir. Qazib chiqarilayotgan ko‘mir, asosan, o‘sha davlatlarning 
o‘zida iste’mol qilinadi. Qazib chiqarilayotgan ko‘mirning atigi 10 % i 
eksportga chiqarilmoqda.
Jahon bo‘yicha deyarli 7,3 mlrd. t. ko‘mir qazib olinadi (2016-y). Qa-
zib olingan ko‘mirning 75 % dan ortig‘i Xitoy (3242 mln. t), Hindiston 
(708 mln. t), AQSH (672 mln. t), Avstraliya (503 mln. t), Indoneziya 
(460 mln. t) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Elektr energetika sanoati
elektr energiyasini ishlab chiqarish va is-
te’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi vaqtda jahonda, taxminan, 25 trln. kW·h elektr energiyasi 
ishlab chiqarilmoqda (2016-y.). Xitoy (6,17 trln. kW·h), AQSH (4,4 trln. 
kW·h), Hindiston (1,4 trln. kW·h), Rossiya (1,1 trln. kW·h), Yaponiya 
(1,0 trln. kW·h) elektr energiyasini eng ko‘p ishlab chiqaruvchi davlatlar 
hisoblanadi. 
Ma’lumki, elektr energiyasi ishlab chiqarishda an’anaviy (issiqlik, gidro 
va atom elektr energetika tarmoqlari) va noan’anaviy (quyosh, shamol, 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling