P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130
16-rasm. 
Suyultirilgan tabiiy
gazni saqlovchi rezervuarlar.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


49
suv qalqishi, geyzerlardan olinadigan energiya va b.) energiya manba-
laridan foydalaniladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uch turdagi an’anaviy 
elektr energetika tarmoqlari, taxminan, 99 % elektr energiyasini ishlab 
beradi. Muqobil energiya manbalarining salmog‘i esa hozircha ancha past 
(17-rasm).
IES
AES
GES
Noan‘anaviy
64 %
1 %
19 %
16 %
17-rasm. 
Jahon elektr energetika sanoatining tarmoqlar tarkibi (2017-y.).
Issiqlik elektr energetikasi 
elektr energetikaning yetak chi tarmog‘i hi-
soblanib, yoqilg‘ini yoqish hisobiga issiq bug‘ va elektr energiyasini ish-
lab chiqaradi. Niderlandiya, JAR, Polsha, Ruminiya, Meksika va boshqa 
davlatlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi ay-
nan IESlarga to‘g‘ri keladi. Tuoketuo (Xitoy), Surgut GRES-2 (Rossiya) 
jahondagi eng yirik IESlari hisoblanadi.
Gidroelektr energetika 
– suv oqimining energiyasi asosida elektr ener-
giyasi ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog‘i. GESlar, asosan, ko‘p suvli va tez 
oqadigan tog‘ daryo vodiylarida quriladi. Norve giya, Braziliya, Albaniya, 
Kolumbiya kabi davlatlarda elektr energiyasining asosiy qismi GESlarda 
ishlab chiqariladi. Ayniqsa tog‘li davlatlarning elektr energetikasida GES-
larning ahamiyati katta. Xitoyning Yanszi daryosida barpo etilgan «Uch 
dara» GESi jahonning eng yirik GESi hisoblanadi. 
Atom elektr energetikasi 
sanoati elektr energetikaning fan-texnika 
inqilobi davrida vujudga kelgan, murakkab texnologik jarayonlarni 
o‘zida mujassamlashtirgan tarmog‘idir. Dunyodagi birinchi AES Ros-
siya Federatsiyasining Obninsk shahrida ishga tushirilgan edi. Hozirgi 
kunda jahonning 30 dan ortiq davlatida AESlar faoliyat olib bormoqda. 
4 – Geografiya, 9-sinf
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


50
Eng yirik AESlar Yaponiya, AQSH, Fransiya, GFR, Rossiya hududida 
joylashgan. Fransiya, Belgiya, Koreya Respublikasi kabi davlatlar AES-
lar asosida olinuvchi energiya miqdori yuqori bo‘lgan davlatlar orasida 
peshqadamlik qiladi.
So‘nggi yillarda jahon mamlakatlarida ekologik jihatdan zararsiz ener-
giya oluvchi muqobil manbalarga talab kuchaya bormoqda. Quyosh, sha-
mol, suv qalqishi, geotermal energiya kabilar shular jumlasidandir. Geo-
termal energiyadan foydalanish AQSH, Rossiya, Filippin, Italiya, Islandiya 
kabi davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoy 
dengiz qalqishidan, Xitoy, Daniya, Niderlandiya, Germaniya, AQSH sha-
moldan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. 
1. Quyida ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar orasidan OPEKga a’zo bo‘lmagan uch 
davlatni aniqlang:
a) Xitoy; b) Nigeriya; c) Indoneziya; d) Kuvayt; e) BAA; f) Bahrayn.
2. Matnda ko‘rsatilgan tabiiy gaz qazib oluvchi asosiy davlatlarning jahon 
umumiy gaz qazib olish miqdoridagi salmog‘ini aniqlang.
3. Kelajakda jahon yoqilg‘i-energetika balansida qanday o‘zgarishlar yuz berishi 
mumkin?

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling