P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Xalqaro iqtisodiy integratsiya


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130
Xalqaro iqtisodiy integratsiya davlatlarning o‘zaro 
mustahkam aloqalarga hamda milliy xo‘jaliklararo mehnat taqsimotiga 
asoslangan iqtisodiy birlashuv jarayonidir. 
Integratsion uyushmalarning mintaqaviy (masalan, Yevropa Ittifoqi), 
tarmoq (masalan, neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti – OPEK) va 
xalqaro monopoliyalar ko‘rinishidagi turlari mavjud. Har bir integratsion 
uyushma jahon xo‘jaligi rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ular 
orasida xalqaro monopoliyalarning asosiy ko‘rinishi bo‘lgan transmilliy 
kompaniyalar iqtisodiy imkoniyatlari yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ikki 
va undan ortiq davlatda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar hamda katta 
miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya transmilliy kompaniya 
hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ko‘plab TMKlar ishlab 
chiqarishning turli sohalarida faoliyat olib boradilar. 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


44
Korporatsiyalarning bozor qiymati, yillik daromadi kabi ko‘rsatkichlari 
ularning jahon reytingidagi o‘rnini aniqlab beradi. Unga ko‘ra, AQSHning 
ko‘p tarmoqli «Wal-Mart Stores» kompaniyasi, Niderlandiya va Buyuk 
Britaniyaning «Royal Dutch Shell», Xitoyning «China Petroleum & Che-
mical Corp. (Sinopec)» va «China National Petroleum (PetroChina)» kom-
paniyalari jahonning eng mashhur TMKlari deb tan olinadi. Jahonning 
yetakchi 500 ta TMKlarining katta qismi AQSH (128 ta), Xitoy (106 ta) 
va Yaponiya (53 ta) hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
1. Jahon xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishida iqtisodiy markazlar qanday 
ahamiyatga ega bo‘lgan? 
2. XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo‘jaligining rivojlanishi nima hisobiga 
amalga oshdi?
3. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlari nimada?
15-§. Fan-texnika inqilobi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling