P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130
11-rasm.
Jahon mintaqalarida urbanizatsiya darajasining o‘zgarishi (% hisobida).
Mintaqalar orasida eng yuqori urbanizatsiya darajasi Shimoliy Ame-
himoliy Ame-
imoliy Ame-
rikaga tegishli (82 %). Bu ko‘rsatkich Lotin Amerikasida 81 %, Yevro-
pada 74 %, Avstraliya va Okeaniyada 68 %, Osiyoda 50 %, Afrikada
43 % ni tashkil etadi (11-rasm). Jahonning barcha mintaqalarida urba-
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


37
nizatsiya darajasi davriy ravishda o‘sib bormoqda. Yevropa, Shimoliy 
Amerika, Avstraliya va Okeaniya hududlarida mazkur ko‘rsatkichning 
o‘zgarishi nisbatan sekin yuz bermoqda. Osiyo va Afrikada esa aholining 
tabiiy o‘sishi yuqoriligi, qishloqlardan shaharlarga faol aholi migratsiyasi 
ta’sirida urbanizatsiya darajasi tez ortib bormoqda. 
Lekin rivojlanayotgan davlatlarda shahar aholisi soni ortishi soxta 
urbanizatsiya
ko‘rinishida ham kechadi. Soxta urbanizatsiya natijasida 
yirik shaharlar atrofida zaruriy infratuzilma elementlariga ega bo‘lmagan, 
qishloqlardan ko‘chib kelgan aholi tomonidan tartibsiz ravishda bunyod 
etilgan manzilgohlar shakllanadi (12-rasm). Bunday manzilgohlar maydoni 
ayniqsa Braziliya va Hindistondagi yirik shaharlarda ancha katta.
12-rasm.
Soxta urbanizatsiya ko‘rinishlari.
Urbanizatsiya jarayoni natijasida nafaqat shaharlar va shahar aholisi 
soni ortadi, balki shahar manzilgohlari maydoni ham kengayishi yuz 
beradi. Natijada shahar aglomeratsiyalari va megalopolislar vujudga 
keladi. 
Shahar aglomeratsiyasi – turli kattalikdagi shaharlarning ma’muriy, 
ishlab chiqarish, ijtimoiy aloqalar natijasida birlashuvi hisoblanadi. Mav-
jud aglomeratsiyalar bir markazli va ko‘p markazli bo‘lishi mumkin. 
Megalopolis (yunoncha megalu – «katta», polis – «shahar») deb yirik 
shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining bir-biriga qo‘shilib ketishiga ay-
tiladi. Megalopolislarni bir qancha shahar aglomeratsiyalarining yig‘indisi 
deb ham atash mumkin. Hozirgi vaqtda jahonda 6 ta to‘liq shakllangan 
megalopolis mavjud (8-jadval).
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


38
8-jadval

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling