P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Jahon davlatlarida 
tabiiy o‘sish darajasi 
(1000 kishi hisobida)
Aholining tabiiy 
o‘si shi kuzatil-
maydi
30 dan ortiq
20-30
15-20
10-15
5-10
0-5
7-rasm.
Jahon aholisining tabiiy o‘sishi.
Ma’lumki, jahon aholisi hududiy jihatdan notekis tarqalgan. Bunda 
tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri katta. Tekislik, daryo 
hamda dengizbo‘yi hududlarida aholi zichligi darajasining yuqoriligi ta-
biiy sharoit omili (masalan, Gang daryosi vodiysi, Kanto tekisligi), O‘rta 
dengizbo‘yi, Mesopotamiya kabi hududlarda esa bunday holatning shakl-
lanishi ularning o‘zlashtirilish davri bilan bog‘liq. Iqtisodiy rivojlangan 
davlatlar va turli ishlab chiqarish markazlarida aholi sonining o‘sishida 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasining ahamiyati katta. Aholi soni ko‘p 
bo‘lgan mintaqalarda zichlik darajasi ham yuqori bo‘ladi.
Jahon aholisining o‘rtacha zichligi 1 km

ga 50 kishidan ortiq 
bo‘lmoqda. Osiyo aholi zichligi darajasi eng yuqori bo‘lgan qit‘a hisob-
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


28
lanib, uning sharqiy, janubiy va janubi-sharqiy qismlarida aholi zichligi 
ayniqsa yuqoridir. Amerika, Avstraliya va Okeaniya qit’alarining yevro-
paliklar tomonidan dastlab o‘zlashtirilgan qismlarida aholi zichligi nisba-
tan yuqori. Mongoliya, Namibiya, Avstraliya, Kanada, Qozog‘iston kabi 
davlatlar jahonning aholi zichligi ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan davlatlari 
qatoriga kiradi. Bu holat noqulay tabiiy sharoit bilan bog‘liq.
1. Nimaga uzoq tarixiy vaqt davomida Yer yuzida aholi soni deyarli o‘zgarmadi?
2. Buyuk geografik kashfiyotlar jahon aholisining mintaqalar bo‘ylab taq-
simlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
3. Ilovadagi jadval ma’lumotlari asosida Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika, 
Avstraliya va Okeaniyaning aholi soniga ko‘ra beshta peshqadam davlatlarini 
aniqlang va daftaringizda ularning ro‘yxatini tuzing.
4. Jahon aholisining hududiy joylashuviga qanday omillar katta ta’sir ko‘rsatadi?

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling