P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130
Suv resurslari. Ma’lumki, Yer sharidagi mavjud suvning asosiy qismi 
Dunyo okeani va dengizlarida to‘plangan. Chuchuk suv resurslari esa 
gidrosfera umumiy hajmining atigi 2,5 % ini tashkil qiladi. Lekin uning 
asosiy qismi Yer sharining chekka, foydalanish qiyin bo‘lgan Antarktida, 
Arktika hamda baland tog‘lardagi qor va muzliklarda to‘plangan. 
Insoniyatning chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiradigan asosiy 
manba daryolar bo‘lib, ulardagi suvning umu-
miy miqdori atigi 47 ming km
3
dir. Ekvato-
rial va mo‘tadil iqlim mintaqalarida daryo va 
ko‘llari ko‘p bo‘lib, bu hududlar chuchuk suv 
resurslariga ancha boy. Chuchuk suv bilan 
eng yaxshi ta’minlangan davlatlar qatoriga 
Braziliya, Rossiya, Kanada, AQSH, Indone-
ziya, Venesuela, Peru, Myanma, Tojikiston va 
boshqalar kiradi. Quruqlikning katta qismini 
egallagan qurg‘oqchil hududlarda esa suv re-
2-rasm. 
Dunyodagi eng yirik 
suv omborlaridan biri – 
Karuna daryosidagi Guri suv 
ombori (Venesuela).
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


19
surslarining hajmi tabiiy holatda kam. Boz ustiga ularda dehqonchilik
asosan, sun’iy sug‘orish orqali olib boriladi. 
Daryolar suvidan samaraliroq foydalanish uchun suv omborlari qurilgan 
(2-rasm). Hozir jahonda qurilgan suv omborlarining soni 40 mingdan oshib 
ketdi. Yirik suv omborlarining soni bo‘yicha AQSH, Xitoy, Hindiston, 
Braziliya va Rossiya alohida ajralib turadi.
Biologik resurslar deb, quruqlik va Dunyo okeanidagi o‘simlik va 
hayvonot boyliklariga aytiladi. Ayniqsa o‘rmon resurslarining xo‘jalik 
va ekologik ahamiyati nihoyatda katta. Jahonda o‘rmonlar 40 mln. km
2
(4 mlrd. gektar)ni, yoki butun quruqlikning 30 % ga yaqinini tashkil etadi. 
Lekin o‘rmonlarning yog‘och materiallarni tayyorlash maqsadida kesi-
lishi, yangi yerlarni o‘zlashtirish, turli sanoat qurilishlarning ko‘payishi 
o‘rmonlarning kamayib borishiga olib kelmoqda.

3-rasm. 
Ignabargli tayga o‘rmonlari (chap tomonda) 
va keng bargli tropik o‘rmonlar (o‘ngda).
Dunyoda kenglik bo‘ylab katta masofaga cho‘zilgan ikkita – Shimoliy 
va Janubiy o‘rmon mintaqalari mavjud (3-rasm). Shimoliy o‘rmon minta-
qasi mo‘tadil va qisman subtropik iqlimli hududlar bo‘ylab joylashgan. Bu 
mintaqa o‘rmonlarining muhim xususiyati, ularda, asosan, tik o‘sadigan 
sifatli, ignabargli daraxtlarning o‘sishidir. Bunday o‘rmonlarga Rossiya, 
Kanada, AQSH, Finlandiya davlatlari boy.
Janubiy o‘rmon mintaqasi, asosan, tropik va ekvatorial iqlim mintaqa-
lari bo‘ylab joylashgan. Tropik o‘rmonlarda, asosan, keng bargli daraxtlar 
qalin, aralash va ko‘p yarusli bo‘lib o‘sadi. Bu o‘rmonlar yog‘ochlik xu-
susiyatlari yuqori bo‘lgan qimmatli daraxtlarga ancha boy. Janubiy o‘rmon 
mintaqasida Braziliya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Kongo Demokratik 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


20
Respublikasi, Hindiston, Myanma, Indone-
ziya kabi mamlakatlar eng katta o‘rmonli 
maydonlarga ega. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling