P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Tugamaydigan va tiklanadigan tabiiy


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130
6-§. Tugamaydigan va tiklanadigan tabiiy
resurslar geografiyasi
Agroiqlimiy resurslar, yer resurslari, suv resurslari, biologik resurslar, 
geotermal resurslar.
Agroiqlimiy resurslar. Hududlarning turli ekin yetishtirish imkoniyat-
lari ko‘p jihatdan iqlimga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlani-
shiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqlim imkoniyatlari agroiqlimiy resurslar deyiladi. 
Eng muhim agroiqlimiy ko‘rsatkichlar samarali haroratlar (+10 
o
C dan 
yuqori) yillik yig‘indisi hamda namlanish koeffitsiyenti (yog‘inlar miq-
dorining mumkin bo‘lgan bug‘lanishga nisbati) hisoblanadi.
Ma’lumki, havo harorati ekvatordan qutbiy kengliklarga tomon pasayib 
boradi. Ekvator atrofida samarali haroratning yillik yig‘indisi 8 000 
o
C dan 
yuqori bo‘lsa, arktika va subarktika iqlim mintaqalarida u 400 
o
C ga ham 
yetmaydi. Shuning uchun ham tropik, subekvatorial va ekvatorial iqlim 
mintaqalarida turli issiqsevar ekinlarni yetishtirish hamda yil davomida 
ikki-uch marotaba hosil olish imkoniyati mavjud. 
Dehqonchilik uchun tabiiy namlik omili ham katta ahamiyatga ega. 
Yilning issiq paytida ham yog‘inlar yetarli darajada yog‘adigan hududlar-
da dehqonchilikni sun’iy sug‘orishsiz rivojlantirish mumkin va bu holat 
qishloq xo‘jaligida ancha mablag‘ning tejalishiga yordam beradi. Iqlimi 
issiq, ammo qurg‘oqchil bo‘lgan ichki kontinental o‘lkalar uchun esa ta-
biiy namgarchilikning ozligi hisobiga sug‘orma dehqonchilik xosdir. Issiq 
musson iqlimli hududlarda sun’iy sug‘orish, asosan, iliq va quruq qishda 
qo‘llaniladi.
Yer resurslari. Yer inson uchun har jihatdan eng ahamiyatli tabiiy 
resurs hisoblanadi, chunki aholining kundalik hayotiy ehtiyojlari vosita-
larining deyarli hammasi yerdan undirib olinadi.
Hozirgi vaqtda jahon yer fondining umumiy hajmi 13,4 mlrd. gek-
targa teng. Insoniyat uchun eng katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlar jahon umumiy yer fondining
34 % ini tashkil qiladi. Jumladan, ishlov beriladigan yerlar ulushi 11 % 
ga, yaylovlarniki esa 23 % ga teng. Ishlov beriladigan yerlar dunyoda 
yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarning 88 % ini, yaylovlar esa 10 % 
ini yetkazib bermoqda. Demak, yer resurslarining eng qimmatli qismi 
2 – Geografiya, 9-sinf
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


18
ishlov beriladigan (ekin ekiladigan) maydonlardir. Yer fondi tarkibiga, shu 
bilan birga, o‘rmonlar (30 %), aholi punktlari va muhandislik inshootlari 
bilan band bo‘lgan texnogen yerlar (3 %) hamda kam foydalaniladigan 
yoki unumsiz yerlar (33 %) kiradi.
Dehqonchilikda foydalaniladigan yerlarning eng katta maydonlari 
AQSH, Hindiston, Rossiya, Xitoy, Kanada, Braziliya, Qozog‘iston va Uk-
rainaga to‘g‘ri keladi. XX asr davomida ishlov beriladigan maydonlar haj-
mi dunyo bo‘yicha ikki baravar kengaytirildi. Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, 
botqoqli va zaxkash yerlarni ishga solish, cho‘llarga suv chiqarish yo‘li 
bilan ekin maydonlarini kengaytirish ishlari, ayniqsa, AQSH, Kanada, 
Avstraliya, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Braziliyada keng ko‘lamda olib 
borildi. 
Ammo, katta qiyinchiliklar hisobiga o‘zlashtirilgan yerlar asta-sekin 
ishdan chiqib bormoqda. Eng avvalo, tuproq yuvilishi, ya’ni ero ziya jara-
yoni har yili qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 6 –7 mln. gektar yerdan 
mahrum qilmoqda. Yerlarning botqoqlanishi va sho‘rlanishi oqibatida yana 
1–1,5 mln. gektar ekin maydonlari ishdan chiqmoqda. Shahar va qishloq-
larning kengayishi, sanoat va transport qurilishlarining yildan yilga o‘sib 
borishi ham ekin maydonlarining qisqarishiga olib kelmoqda. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling