P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
Geotermal resurslar. 
Muhim noan’a-
naviy energiya manbayi sifatida Yerning 
ichki energiyasi, ya’ni geotermal resurslar 
hisoblanadi. Geotermal energiyaga, ay-
niqsa, issiq tabiiy bug‘ va suv tektonik
yoriqlar orqali Yer yuzasiga chiqib tura-
digan hududlar juda boydir. Odatda, bun-
day hududlar tektonik harakatlar faol davom etayotgan, iqlimi sernam 
bo‘lgan mintaqalar bo‘ylab joylashgan. Islandiya, Yaponiya, Yangi Ze-
landiya, Filippin, Papua-Yangi Gvineya, Italiya, Meksika, AQSHning 
g‘arbiy shtatlari, Rossiyaning sharqiy hududlari geotermal resurslarga 
boy (4-rasm).
1. Agroiqlimiy resurslar, asosan, qanday ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi?
2. Suv resurslar bilan ta’minlanganlik qanday omillarga bog‘liq?
3. Yer resurslarining ko‘payishi va kamayishiga olib kelayotgan jarayonlarni 
izohlang.
7-§. Zamonaviy ekologik muammolar
Tabiatdan foydalanish, global, regional va lokal ekologik muammolar, 
«issiqxona samarasi», «ozon tuynuklari», cho‘llashish, o‘rmonsizlanish, 
chuchuk suv resurslari, ekologik siyosat.
Jamiyat butun tarixi davomida tabiiy muhit bilan chambarchas bog‘liq 
ravishda rivojlanib borgan. Tabiiy resurslardan foydalanish, ularni muho-
faza qilish va qayta tiklash bilan bog‘liq faoliyat sohasi tabiatdan foy-
dalanish 
deb ataladi. Tabiatdan foydalanish oqilona va nooqilona tarz-
da amalga oshirilishi mumkin. Tabiatdan oqilona foydalanilganda, tabiiy 
boyliklar me’yorida iste’mol qilinib, ularni muhofazalash va qayta tik-
lashga, atrof tabiiy muhitning sog‘lom holatini saqlashga kerakli daraja-
da e’tibor beriladi. Agar jamiyatning xo‘jalik faoliyati natijasida tabiiy 
4-rasm. 
Islandiyadagi geotermal 
elektr stansiyalaridan biri.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


21
muhit va uning resurslari holati salbiy tomonga o‘zgarib borsa, tabiatdan 
foydalanish nooqilona hisoblanadi. Tabiatdan nooqilona foydalanilganda, 
landshaftlardagi muvozanat buziladi hamda turli ko‘lam va ko‘rinishdagi 
ekologik muammolar vujudga keladi.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling