P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari xo‘jaligi va


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130
57-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari xo‘jaligi va
iqtisodiy rayonlari
Sanoat mintaqalari, aerokosmik sanoat, qishloq xo‘jalik mintaqalari, 
transkontinental yo‘llar, Shimoli-sharq, O‘rta G‘arb, Janub, G‘arb.
AQSH YIM hajmi bo‘yicha jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda 
turadi va jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri 
hisoblanadi. AQSHning yuzlab transmilliy korporatsiyalarining ko‘plab 
xorijiy davlatlarda keng tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mamla-
katning iqtisodiy qudratini va jahon xo‘jaligidagi o‘rnini yanada yuksal-
tiradi. Shuningdek, AQSH moliyaviy tizimining ulkan salohiyati hamda 
AQSH dollarining asosiy xalqaro valyuta funksiyasini bajarayotgani mam-
lakatning jahon iqtisodiyotiga kuchli ta’sir qilishini ta’minlaydi.
Sanoati. Yalpi sanoat mahsulotining hajmi bo‘yicha AQSH jahonda 
Xitoydan so‘nggi 2-o‘rinda turadi. AQSHda sanoatning barcha tarmoqlari 
yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, aerokosmik sanoat, avtomobilsozlik, elek-
trotexnika, elektronika, tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, atom 
mashinasozligi, harbiy-sanoat majmuasi, neft-kimyo sanoati kabi zamona-
viy texnologiyalarga tayanib rivojlanayotgan sanoat tarmoqlarida AQSH-
ning jahon miqyosida yetakchiligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Oxirgi yillarda AQSH jahonda tabiiy gazni qazib olishda 1- (yiliga 
800 mlrd m
3
dan ziyod), ko‘mirni qazib olish bo‘yicha 2- (yiliga 800 mln. 
tonnadan ortiq), neftni qazib olish bo‘yicha 2–3- (yiliga 500 mln. tonna-
dan ko‘p) o‘rinlarni egallamoqda. Neft-gaz sanoatining eng yirik rayonlari 
Texas, Kaliforniya va Alyaska shtatlarida 
shakllangan. Ko‘mir eng ko‘p miqdorda 
mamlakat janubi-sharqida joylashgan Ap-
palachi ko‘mir havzasidan qazib olinadi. 
Mashinasozlik sanoati ko‘ptarmoqli 
bo‘lib, har xil shtatlarda turlicha ixtisos-
lashgan. Tinch okeanbo‘yi shtatlari (Kali-
forniya, Vashington) aerokosmik sanoat va 
elektronika, Buyuk ko‘llarga tutash shtat-
lar (Michigan, Illinoys) avtomobilsozlik,
92-rasm.
AQSHdagi yirik paxta 
plantasiyalarida paxta yig‘im 
terimi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


160
shimoli-sharqiy Atlantikabo‘yi shtatlari esa kemasozlikning rivojlanganligi 
bilan alohida ajralib turadi. 
AQSHda bir nechta yirik sanoat mintaqasi shakllangan. Bunday hudud-
lardan eng qudratlisi Atlantika okeani va Buyuk ko‘llarga tutash shtatlarni 
qamrab olgan Shimoliy sanoat mintaqasi hisoblanadi. Unga mamlakat 
sanoat ishlab chiqarishining deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Boshqa yirik 
sanoat mintaqalari qatoriga Appalachi tog‘lari bo‘ylab joylashgan Janu-
bi-sharqiy, asosan, neft va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan Meksika 
qo‘ltig‘i hamda mamlakat janubi-g‘arbidagi Kaliforniya sanoat mintaqalari 
kiradi.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling