P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130
Iqtisodiyoti. Kanada jahonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi jiha-
tidan peshqadam davlatlaridan biri, «Katta yettilik» guruhining a’zosi.
Kanada uran, nikel, rux, oltin, platina, molibden rudalari, olmos, kaliy 
tuzlari, asbest, oltingugurt qazib olishda jahon bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda 
94-rasm.
Kanada tabiati.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


163
turadi. Kanadada neft-gaz sanoati ham yu-
qori darajada rivojlangan. Tog‘-kon sanoati 
bilan bir qatorda Kanadada elektr energe-
tikasi, yog‘ochni qayta ishlash, selluloza-
qog‘oz, mashinasozlik, rangli va qora me-
tallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati ham 
yuqori darajada rivojlangan.
Dehqonchilik 
mamlakat 
janubidagi 
unumdor qora tuproqli dashtlarda yaxshi 
rivojlangan. Kanada jahondagi eng yirik 
bug‘doy eksportyorlaridan biri. Raps, soya 
va kungaboqar kabi moyli ekinlarni yetishtirish va jahon bozoriga yet-
kazish bo‘yicha ham Kanada peshqadam davlatlardan biri.
1. Kanada tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlarini tavsiflang va ularning 
mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini tushuntiring.
2. Nima uchun Kanada aholisining aksariyat qismi mamlakat janubida yashaydi? 
3. Kanada aholisining etnik va til tarkibining o‘ziga xos xususiyatini izohlang.
4. Kanada qishloq xo‘jaligi qanday tarmoqlarga ixtisoslashgan? 
59-§. Braziliya
Amazoniya, ekvatorial va subekvatorial iqlim, o‘rmon resurslari, San-
Paulu, Rio-de-Janeyro, mulatlar, tovar qishloq xo‘jaligi.
Braziliya Federativ Respublikasi Janubiy 
Amerikadagi eng yirik davlat. Qirg‘oqlari 
sharqdan Atlantika okeani suvlari bilan yuvi-
ladi. Braziliya Chili va Ekvadordan tashqari 
Janubiy Amerikadagi barcha davlatlar bilan 
chegaradosh. Hududining kattaligi bo‘yicha ja-
hon mamlakatlari orasida 5-o‘rinni egallaydi. 
Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. 
Braziliya 26 ta shtat va 1 ta federal poytaxt 
okrugidan iborat. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling