P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130
Qishloq xo‘jaligi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari – bug‘doy, makka-
jo‘xori, soya, paxta, shakarqamish, qandlavlagi, turli sabzavot va mevalar. 
Makkajo‘xori, soya, tamaki va paxta eksporti bo‘yicha AQSH jahonda 
1-o‘rinda turadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, 
parrandachilik va cho‘chqachilik. Go‘sht va sut mahsulotlarini eksport 
qilish bo‘yicha AQSH jahondagi yetakchi davlatlardan biri. AQSHda turli 
tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jalik mintaqalari vujudga kelgan. 
Kordilyera tog‘lari etaklarini egallagan Buyuk tekisliklardagi bug‘doy 
mintaqasi, Markaziy tekisliklarning shimolidagi makkajo‘xori mintaqa-
si, Missisipi havzasining janubidagi paxta mintaqasi (92-rasm), Buyuk 
ko‘llarga tutash shtatlaridagi sut mintaqasi shular jumlasidandir.
93-rasm. 
Niagara sharsharasi va Yellouston milliy bog‘idagi issiq buloqlardan biri.
Turizmi. AQSH tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarning soni 
bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmasa ham, turizm hisobiga eng katta daro-
mad oluvchi davlat hisoblanadi. AQSHga ko‘proq Kanada va Yevropadan 
sayyohlar keladi. Florida, Kaliforniya va Gavayi shtatlarida dengizbo‘yi 
turizmi keng rivojlangan. Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles va boshqa sha-
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


161
harlarga har yili o‘nlab million sayyohlar tashrif buyuradilar. Mamlakatda 
turizm rivojlanishi uchun juda boy tabiiy resurslar ham mavjud (93-rasm).
Iqtisodiy rayonlari. AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga 
ko‘ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo‘lgan quyidagi 4 ta 
yirik iqtisodiy rayon (makrorayon) ajratiladi: Atlantika okeani bo‘yida 
joylashgan maydoni kichik, ammo aholi soni va zichligi katta bo‘lgan, yu-
qori darajada sanoatlashgan, eng yirik moliyaviy markazlarga ega bo‘lgan 
shtatlarni qamrab olgan Shimoli-sharq; Buyuk ko‘llardan janub va g‘arbda 
joylashgan, ko‘ptarmoqli sanoat, donchilik va sut chorvachiligiga ixtisos-
lashgan O‘rta G‘arb; paxtachilik, tamakichilik, bog‘dorchilik, neft-kimyo 
va to‘qimachilik sanoati, dengizbo‘yi turizmi rivojlanishi bilan ajralib 
turadigan, qora tanli aholining salmog‘i nisbatan yuqori bo‘lgan Janub
ko‘proq tog‘li relyef va qurg‘oqchil iqlimga ega, rangli metallurgiya, ae-
rokosmik, elektronika sanoati, bog‘dorchilik va yaylov chorva chiligiga 
ixtisoslashgan, ispanzabon aholining nisbatan yuqori salmog‘i bilan ajralib 
turuvchi G‘arb.
1. AQSHning jahon iqtisodiyotiga ta’siri qanday omillar bilan belgilanadi?
2. AQSHning asosiy sanoat mintaqalarini tavsiflang.
3. AQSHda qanday qishloq xo‘jalik mintaqalari shakllangan?
4. AQSHda qanday yirik iqtisodiy rayonlar ajratiladi? 
58-§. Kanada
Britaniya Hamdo‘stligi qirolligi, o‘rmon resurslari, tashqi migratsiya
kanadalik inglizlar, kanadalik fransuzlar, Toronto, Monreal. 
Hududining kattaligi bo‘yicha jahonda 
2-o‘rinda turuvchi Kanada davlati Shimoliy 
Amerika materigining shimoliy qismi va unga 
yondosh orollarda joylashgan. Kanada qir-
g‘oqlari shimolda Shimoliy Muz okeani, sharq-
da Atlantika okeani, janubi-g‘arbda Tinch oke-
an suvlari bilan yuviladi. Kanada quruqlikda 
faqat AQSH bilan chegaradosh. 
Kanada Britaniya Hamdo‘stligi qirolligi bo‘lib, davlat rahbari rasmiy 
ravishda Buyuk Britaniya hukmdori hisoblanadi. Amalda siyosiy bosh-
11 – Geografiya, 9-sinf

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling