P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130
Maydoni – 9976 ming km
2
.
Aholisi (2018-y.) – 37,2 mln.
Poytaxti – Ottava.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


162
qaruv tepasida mamlakatning bosh vaziri 
turadi. Kanada 10 ta provinsiya va 3 ta 
hududdan iborat federativ davlat. 
Tabiiy sharoiti va resurslari. Kana-
daning sharqiy qismi qadimgi platforma-
da joylashgan bo‘lib, asosan, tekislik va 
kuchli parchalangan yassi tog‘liklardan 
iborat bo‘lsa, Tinch okeanga tutash 
g‘arbiy qismi baland Kordilyera tog‘lari 
bilan band. Kanadaning hududida uran, temir, nikel, mis, qo‘rg‘oshin, 
rux, oltin, neft va tabiiy gazning yirik konlari mavjud.
Kanada hududining 75 % i sovuq iqlim zonasiga to‘g‘ri keladi. Aso-
siy tabiat zonalari – tayga, tundra va arktika cho‘llari. Janubida dasht 
landshafti keng tarqalgan. Mamlakat yer, suv hamda o‘rmon resurslariga 
juda boy (94-rasm). Shimoliy yarim shardagi o‘rmonlarning deyarli 1/3 
qismi Kanadaga to‘g‘ri keladi. 
Aholisi. Kanada aholisining tabiiy ko‘payish sur’atlari yillik hisobda 
0,5 % dan kam, mexanik ko‘payishi esa yiliga 1% gacha yetadi. Shahar 
aholisining ulushi 80 % dan ortiq. Eng yirik shaharlari – Toronto (95-
rasm), Monreal, Vankuver, Kvebek.
Kanadadagi ikkita eng yirik millat kanadalik inglizlar va kanadalik 
fransuzlardir. Shuning uchun Kanadada ham ingliz, ham fransuz tillari 
rasmiy til maqomiga ega. Fransuz tilida so‘zlashuvchi aholining 85 % i 
mamlakat sharqidagi Kvebek provinsiyasida iqtiqomat qiladi. Kanadadagi 
fransuz madaniyatining markazi Monreal shahri hisoblanadi. Mamlakat-
ning shimolida tub aholi – eskimoslar va amerikalik hindular yashaydi.
Aholi zichligi darajasi bo‘yicha Kanada jahondagi eng so‘nggi o‘rin-
lardan birida turadi (1 km

ga 4 kishi). Aholining 4/5 qismi mamlakatning 
iqlim sharoiti birmuncha qulayroq bo‘lgan janubiy hududlarida mujassam-
lashgan. Ayniqsa janubi-sharqiy chegarabo‘yi hududlarida aholi zichligi 
yuqori.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling